Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Islom Karimov
IJODIY FAOLIYAT


8
shovinizm, irqchilik g‘oyalarini tiriltirib, millatlararo 
totuvlik, hamjihatlik g‘oyasiga qarshi «salib yurishi» 
kabi harakatlarni uyushtirish 
ga urinayotgan kuchlar 
borligi barchamizni hushyor torttirishi lozim. Bugun, 
butun dunyodagi tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi asosiy 
g‘ov, to‘siq bu terrorizmdir. XX asrning ikkinchi yarmi
-
da xalqaro miqyosda o‘zini ochiq namoyon etgan, tur
-
li shiorlar bilan niqoblangan terrorizm XXI asrga kelib 
ham mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid 
solmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyo bo‘yicha 
500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari mavjud. Bir yil 
mobaynida butun Yer yuzida sodir etilgan teraktlar va 
ularning oqibatida halok bo‘lganlarning soni bir necha 
o‘n mingni tashkil etishi terrorizmning tinchlik va xotir-
jamlikni izdan chiqarishga qaratilgan asosiy tahdidlar
-
dan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda xotirjam tong ot
-
tirish, uyquga ketish, ta’lim olish va kelajak haqida re
-
jalarni qurishni istar ekanmiz, tinchlikni ta’minlash, 
xavfsizlik, barqarorlikni ta’minlash, birinchi navbatdagi 
masala bo‘lib qolaveradi. Uni amalga oshirishda barcha
-
miz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilmog‘imiz lozim.
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
Xavfsizlik va barqarorlikning ahamiyatini qanday baholaysiz?
2. 
Keksa buvi va buvalaringizdan urush va tinchlik haqida fikrlarini 
so‘raganmisiz?
3. Xavfsizlikni ta’minlashda millatlararo totuvlikning ahamiyati nima-
lardan iborat?
4. 
Bugungi kunda butun dunyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan 
eng katta xavf nima, deb o‘ylaysiz?
Qushlar kabi 
havoda uchish-
ni o‘rgandik.
Baliqlar kabi 
dengizlarda su-
zishni o‘rgan-
dik. Lekin 
hozirgacha yer 
yuzida aka-uka-
dek yashashni 
o‘rganmadik.
 

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə