Diniy qadriyatlar falsafasi. Reja: Qadriyatlar kategoriyasi, uning mohiyati. Qadriyatlar tizimi


Markaziy Osiyodagi qadimgi dinlar: animizm, fetishizm, tangrichilik, va b



Yüklə 27,54 Kb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü27,54 Kb.
#139842
1   2   3   4   5   6   7
shavkat 43

Markaziy Osiyodagi qadimgi dinlar: animizm, fetishizm, tangrichilik, va b.
Markaziy Osiyo o‘zining geografik va geosiyosiy joylashuvi tufayli turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuv nuqtasiga aylandi. Osiyo qit’asining Kaspiy dengizi va Orol-Irtish suv havzalaridan to hozirgi Pokiston va Hindistongacha bo‘lgan katta qismini egallagan mintaqa - Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ushbu xalqlar haqidagi yozma ma’lumotlar yunon manbalari va miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid qadimgi eron va turk yozuvlarida uchraydi.
Animizm- ( lotincha “anima” – rux, jon) – insonni o‟rab turgan muhitda jonlar va ruxlarning mavjudligiga ishonish, go‟yo ular kishilar, hayvonlarning hayotiga, tevarak atrofdag olam, buyumlar va hodisalarga, ularning o‟zgarishlariga ta‟sir etib, ularni boshqaradi deb hisoblash. Animistik tasavvurlar ibtidoiy davr odamlarida bundan taxminan 40-35 ming yil avval paydo bo‟la boshlagan. Ibtidoiy kishilar narsalar, o‟simliklarning joni bor deb tushunishgan. Rux esa egalaridan ajralgan holda ham mavjud bo‟lib, u har qanday narsalarga ta‟sir ko‟rsatadi. Animizm tushunchasini birinchi bo‟lib fanga nemis olimi Shtal 1708-yil kiritgan.

Fetishizm- (fransuzcha “fetiche” – but, sanam, tumor) – tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‟inish. Unga ko‟ra alohida buyumlar kishilarning o‟z maqsadiga erishtirish, ma‟lum voqeahodisalarni o‟zgartirish kuchiga ega deb hisoblangan. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta‟sir kuchiga ega deb qaralgan.
Tangrichilik osmon xudosi "Tangri"ga e’tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‘lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillikda vujudga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda – "Dingir", qadim xitoyliklarda - "Tyan" va xunnlarda - "CHenli" nomi bilan mavjud bo‘lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb e’tirof etadi. Olimlar mazkur qiyosga tayangan holda tangrichilik eng qadimgi dinlardan biri ekanini ta’kidlaydilar.
Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lgan. Qadimgi oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus-manjur, koreys va yapon xalqlarida Tangrichilikning izlari hozirgacha saklanib qolgan. Tangrichilik ta’limotiga ko‘ra, Tangri bu – Moviy Osmon, Buyuk Osmon sohibi ruhi bo‘lib, uning doimiy makoni osmon deb hisoblangan. Tangri so‘zi turkiy xalqlarda Tengri yoki Tengeri (oltoy), Tengri (qipchoq), Tanri (turk), Tengri (tatar), Tangara (yoqut), Tengiri (kumiq), Teyri (bolqor-qorachoy), Tenger (mo‘g‘ul), Tura (chuvash) shakli ham ishlatilgan. Tangri butun borliqning yaratuvchisi, cheksiz fazoda faqat uning o‘zi hamma narsadan voqif, adolatli va marhamat egasi bo‘lgan erkak qiyofadagi yagona xudo sifatida tasavvur qilingan. Butun borliq bo‘ysunuvchi Tangri insonlar, xalq va davlatlarning taqdirini belgilaydi deb e’tiqod qilingan.


Zardushtiylik. Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra "boqiy yulduz" va "chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan") ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –"Donishmandlik sohibi") tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Kishtosib Lafrost ismli podshoh davrida boshlagan. Bunga u zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp tomonidan qabul qilingan "fasli" kalendaridan foydalanib kelayotganlarini dalil qilib ko‘rasatadi. Zardushtiylikning vatani masalasida ikki xil qarash mavjud. Jumladan, ayrim olimlar zardushtiylik Qadimgi Eron hududida keng tarqalgani, "Avesto"ning sharhlari pahlaviy tilida yozilganidan kelib chiqib, uning vatani Midiya (hozirgi Eron hududi) deb hisoblasalar, ko‘pchilik tarixchilar esa "Avesto"da Xorazm Zardushtning vatani, Axura-Mazda bilan aloqa bog‘langan va ozarxurra (muqaddas olov) birinchi bor yoqilgan joy ekani qayd qilinganiga asoslanib, Xorazmni e’tirof etadilar. Zardushtiylikning muqaddas manbasi "Avesto" ("Apastak", "Ovisto", "Ovusto", "Abisto", "Avasto" -"joriy qilingan qat’iy qoidalar") sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan. Uning "Gat"lar nomli qismi Zardusht qalamiga mansub deb hisoblanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Xorazm, Gava (So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi (Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi nomlarning tilga olingani "Avesto" O‘rta Osiyoda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelganini tasdiqlaydi. Dastlab "Avesto" matnlari og‘zaki ravishda saqlanib kelgan. Uning eng qadimiy qismlari II ming yillik oxiri I ming yillik boshlariga oid bo‘lib, keyingi asrlarda uning tarkibi turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar bilan to‘ldirilib borilgan. Milodiy uchinchi asrda qonunlardan iborat Avestoning sharhi "Zend" (parfiyoncha, "sharhlangan matn") yozilgan. Zamonaviy zardushtiylarning fikriga ko‘ra, "Avesto"ning to‘liq qismi etib kelmagan bo‘lsa-da, uning dastlabki yozma nusxasi 12 ming qora mol terisiga bitilgan edi. Abu Rayhon Beruniy "Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar (Aleksandr Makedonlik) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. SHuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi", deb aytgan so‘zlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. "Avesto" mil. avv. I asrda Arshakiylar sulolasi davrida ilk marta oromiy alifbosida ko‘chirilgan. SHopur II (243-273) va Xusrav I (531-579) zamonlarida uning nusxalari yaratilgan. IX asrda yozilgan "Denkart" ("Imon faoliyati", Sosoniylar hukmronligi davrida yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy va tarixiy ma’lumotlarni olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik uning 2 qismi yo‘qotilgan. Abbosiy xalifa al-Ma’mun ibn Horun arRashid (813-833) davrida Aturfarnbag (Aturfat ibn Hamat) tomonidan to‘plangan) asari "Avesto"ning 21 qismdan iborat bo‘lganini qayd etadi. Dindorlar kundalik faoliyati uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - "Kichik Avesto" ("Xurdak Avesto") yaratilgan.

Yüklə 27,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə