Diniy qadriyatlar falsafasi. Reja: Qadriyatlar kategoriyasi, uning mohiyati. Qadriyatlar tizimi


Vijdon erkinligining huquqiy asoslari



Yüklə 27,54 Kb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü27,54 Kb.
#139842
1   2   3   4   5   6   7
shavkat 43

Vijdon erkinligining huquqiy asoslari
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun. Ushbu qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hеch qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Fuqaro o’zining dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta'lim olishga o’z munosabatini bеlgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo’l qo’yilmaydi. Voyaga yеtmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdеk ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o’qitishga yo’l qo’yilmaydi. Dinga e'tiqod qilish yoki o’zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina chеklanishi mumkin. Chеt el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari bilan tеng ravishda vijdon erkinligi va diniy e'tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda bеlgilangan tarzda javobgar bo’ladilar.
O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toatibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiyma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.

Yüklə 27,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə