Digital technologies: problems and solutions of practical implementation in the industry


INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE



Yüklə 34,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü34,71 Kb.
#165792
1   2   3   4
mikroservislar-va-klient-server-arxitekturalarining-tahlili

 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL 
IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY” 
 
APRIL 27-28, 2023 
1022
uchun mo‘ljallangan muammoga eng mos keladigan dasturlash tili va texnologiyasi yordamida 
ishlab chiqilishi mumkin. Shuning uchun ma‘lumotlarni boshqarish markazlashtirilmagan va har 
bir mikroservis o‘z ma‘lumotlar bazasidan foydalanashi mumkin. Har bir mikroservis dasturdagi 
boshqa mikroservislarga ta’sir qilmasdan mustaqil ravishda joylashtiriladi va bitta 
microservisdagi nosozlik butun tizimga ta’sir qilmaydi. Ishlab chiqaruvchilarga tizimning 
boshqa qismlariga ta’sir qilmasdan muayyan xizmatlarni yangilash, nosozlikni bartaraf etish 
imkonini berish orqali texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytiradi. Mikroservislar 
arxitekturasi yuqori moslashuvchanlik talab qiladigan tizimlar uchun juda foydalidir. Tizimning 
turli qismlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish, joylashtirish va boshqarish kerak bo‘lganda eng 
yaxshi tanlovdir. 
Klient-server va mikroservislar arxitekturasi o‘rtasidagi asosiy farqlar: 
1.
Klient-server arxitekturasi bir nechta mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan yagona 
serverdan iborat markazlashtirilgan arxitekturadir. Mikroservislar bir-biri bilan aloqa qiladigan 
bir nechta mustaqil xizmatlardan iborat bo‘lgan taqsimlangan arxitekturadir. 
2.
Klient-server arxitekturasi nisbatan mikroservislar arxitekturasiga soddaroq tuzilgan. 
Mikroservislar arxitekturasi esa taqsimlanganligi tufayli ya’ni har bir mikroservis alohi-alohida 
ekanligi bois ancha murakkab tuzilishga ega va ko‘proq boshqaruvni talab etadi. 
3.
Klient-server arxitekturasida texnik xizmat ko‘rsatish osonroq, chunki boshqarish 
uchun kamroq komponentlar mavjud. Mikroservislar arxitekturasida esa individual xizmat 
ko‘rsatishni talab qiladigan ko‘plab mustaqil xizmatlar (mikroservislar) mavjud. 
4.
Klient-server arxitekturasida mijoz va server o‘rtasidagi aloqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 
tushunarli. Mikroservislar arxitekturasida xizmatlar o‘rtasidagi aloqa API va xabar navbatlaridan 
foydalanish tufayli qo‘shimcha xarajatlarni talab qilishi mumkin. 
5.
Mikroservislar ko‘proq moslashuvchanlikni ta’minlaydi, chunki ular tizimning boshqa 
qismlariga ta’sir qilmagan holda xizmatlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki yangi xizmatlar kiritish 
imkonini beradi. Klient-server arxitekturasidagi o‘zgarishlar tizimning ishlashiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Xulosa qilib shuni takidlash mumkinki klient-server arxitekturasidan asosan bank 
va moliya sohalarida foydalanish mumkin. Ushbu arxitektura odatda bank va moliya tizimlarida 
tranzaktsiyalarni boshqarish va foydalanuvchi hisoblariga xavfsiz kirishni ta’minlash uchun 
ishlatiladi. 
Microservices arxitekturasidan esa ijtimoiy media ilovalaridan foydalanish mumkin. 
Ushbu arxitekturadan Ijtimoiy media platformalari millionlab foydalanuvchilarga real vaqt 
rejimida oʻzaro muloqot qilish imkonini beruvchi kengaytiriladigan va samarali ijtimoiy 
tarmoqlar yaratish uchun foydalanish mumkin. 

Yüklə 34,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə