Digital technologies: problems and solutions of practical implementation in the industry



Yüklə 34,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü34,71 Kb.
#165792
  1   2   3   4
mikroservislar-va-klient-server-arxitekturalarining-tahlili



 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL 
IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY” 
 
APRIL 27-28, 2023 
1020
MIKROSERVISLAR VA KLIENT-SERVER ARXITEKTURALARINING TAHLILI 
1
Qulmatov Qurvonali Zokirali o’g’li, 
2
Olimjonov Orifjon Olimjon o’g’li 
1,2
TATU, DIF, talabasi
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7860908 
Annotatsiya. Hozirgi kunda mikroservislar va klient-server arxitekturasi, kompleks 
tizimlarni shakllantirish, yaxshilash va rivojlantirishda keng qo'llaniladigan arxitekturalar 
hisoblanadi. Arxitekturalarni tanlashda, dasturlar va tizimlarning afzalliklarini va talablarini 
tushunish va aniqlash muhim jarayon. Ushbu ishda mikroservislar va klient-server 
arxitekturalarining tahlili keltirilgan. 
Kalit so’zlar: Server, API, HTTP, arxitektura, web, Klient server, Microservices 
Dasturiy ta’minot arxitekturasi - dasturiy ta’minot tizimining umumiy dizayni va qanday 
tashkil etilishini bildiradi, ya’ni tizimning turli qismlari o‘rtasidagi komponentlar, modullar, 
interfeyslar va munosabatlarni belgilaydi. Dasturiy ta’minot arxitekturasi - dasturiy ta’minot 
tizimining asosiy tarkibiy elementlarini, shu elementlar qanday harakat qilishi va bir-biri bilan 
o‘zaro ta’sirini belgilab beradi. Dasturiy ta’minot arxitekturasining bir nechta namunalari mavjud 
bo’lib, ular orasida eng mashhur va tez-tez qo’llaniladiganlari misol sufatida quyida keltirilgan. 
1.
Layered
2.
Client-Server
3.
Event-Driven
4.
Microkernel
5.
Microservices
Ushbu ishda yuqorida keltirilgan texnologiyalardan klient-server va mikroservislar 
arxitekturalarini qanday qo‘llanilishi va ularning o’zaro farqlarini tahlili ko’rib chiqiladi. 
Klient-server arxitekturasi - bu tarmoq arxitekturasi bo‘lib, ushbu arxitekturada 
ikkita asosiy komponent mavjud : xizmat so‘rovchisi bo‘lgan 
klient
va xizmat ko‘rsatuvchi 
provayder bo‘lgan 
server
. Klient o‘z qurilmasidan (kompyuter yoki telefondan) serverga 
ulanadi va ma‘lumotlar yoki harakatlar uchun so‘rovlarni serverga yuboradi. Server esa 
resurslarni boshqaradi va mijozlarning so‘rovlariga javob beradi. 



Yüklə 34,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə