Davlat tili haqida



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə7/10
tarix11.12.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#148451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Farmonga muvofiq, 2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025-yilga qadar davlat maktabgacha ta’lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2030-yilga qadar umumta’lim maktablarida o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida ona tili fanini o‘qitish ko‘lamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish rejalashtirilgan. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish, 2020-yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish ham asosiy yo‘nalishlar qatoridan o‘rin olgan. Teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish asosiy yo‘nalishlardan biri etib belgilangan.

O’ZBEK ADABIY TILI ME'YORLARI

REJA:

1.Adabiy til me'yorlari haqida.

2.Leksik-semantik me'yor.

3.Fonetik, orfografik va orfoepik me'yor.

4.Aksentologik va grammatik me'yor.

5.Punktuatsion va uslubiy me'yor.

«Nutq madaniyati» tushunchasi to‘g‘risida gap borganda, ko‘p hollarda, nutqda o‘rinli va o‘rinsiz so‘zlarning qo‘llanishi xususida bahs boradi. Til birligining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘llanganligini belgilashda ma'lum bir o‘lchovga (mezonga) asoslaniladi. Mana shu o‘lchov tilshunoslikda adabiy til me'yori deb yuritiladi.

Adabiy til me'yori, uning shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlari nutq madaniyati sohasining tekshirish ob'ekti hisoblanadi. Nutq madaniyati sohasining adabiy til me'yoriga munosabati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə