Davlat tili haqida



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə3/10
tarix11.12.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#148451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

3. O’zbekiston Respublakasining 1992-yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga asosan mamlakatimiz ta’lim – tarbiya tizimida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi: -ta’lim tarbiya tizimi doimiy siyosiy ta’sir; -partiyaviylikdan; -sinfiylikdan; -kundalik mafkuraviy va g’oyaviy tazyiqdan xalos bo’ldi; -eng muhimi, ta’lim-tarbiya tizimiga malliy ruh bag’ishlandi; -sobiq, soxta ittifoqning o’ta mafkuraviylashtirilgan, milliy qadriyat va ma’naviyatimizdan uzoq bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimidan mutlaqo voz kechildi. Iqtidorli yoshlarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli institut va universitetlariga o’qishga yuborish, shuningdek, malaka oshirish, tajriba almashish, ilmiy sohada hamkorlik qilish yo’lga qo’yildi.

Ta’lim-tarbiya tizimida jiddiy islohatlar amalga oshirildi. O’quv dasturlari, darslik va qo’llanmalar tubdan yangilandi. O’rta, maxsus va oily ta’lim moddiy- texnika bazasi mustahkamlandi, tizimga kompyuter texnikasi, test usulida o’qitish kabi yangiliklar joriy etildi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar menejment, marketing, axborot texnologiyalari mutaxassisliklari, qator yangi fakultetlar, jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, aviatsiya instituti, ichki ishlar, qurolli kuchlar va bank-moliya akademiyalari shular jumlasidandir.

2001 - yil 25 - yanvar kuni yoshlar masalalari bo’yicha yig’ilishda O’zbekiston Prezidentining kiritgan takliflariga asosan “Kamolot” yoshlar jamg’armasi asosida tashkil etildi. Harakatning ta’sis qurultoyi 25 - aprel kuni bo’lib o’tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifalari: -mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga ko’maklashish maqsadida muntazam ravishda yoshlarning xuquqiy bilimini oshirib borish; -barkamol avlod tarbiyalash sohasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishga yoshlarni jalb etish, bu borada turli davlat va jamiyat birlashmalari bilan hamkorlik qilish; -yoshlarning kuch-g’ayratini, intellectual salohiyati, kasb malakasini Vatan ravnaqi uchun yo’naltirish; -xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan o’zaro foydali aloqalarni yo’lga qo’yish; -yoshlar va o’smirlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli illatlarga qarshi kurashda Harakatning ta’sirchan kuchga aylanishiga erishish; -millatlararo totuvlik va do’stlikni yanada mustahkamlashga hissa qo’shish; -yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o’rgatish, boqimandalik kayfiyatidan xalos qilish, tadbirkorlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularda bozor iqtisodiyoti ko’nikmalarini yuzaga chiqarish, mulkka egalik tuyg’usini shakllantirish;


Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə