Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 216,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix08.02.2023
ölçüsü216,66 Kb.
#100496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
09.04.2019 PQ-4273-son

Oldingi
 tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-
4796-sonli 
qaroriga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y.,
07/20/4796/1136-son)
Xalqaro budjet hamjamiyatining Budjet ochiqligi indeksida 2020-yildan boshlab O‘zbekiston
Respublikasining ishtirokini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 
6-ilovaga 
muvofiq;
2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida yangilanishi lozim
bo‘lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalari ro‘yxati 
7-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
7. Quyidagilarning:
a) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining:


09.11.2021, 19:17
PQ-4273-сон 09.04.2019. Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4277342
3/19
Portalda e’lon qilinadigan axborotning to‘liqligi, ishonchliligi, uning o‘z vaqtida shakllantirilishi
va yangilab turilishi;
Portalda joylashtiriladigan axborotning mazmuni va sifati;
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi axborotlarining oshkoraligi va foydalanish
erkinligini ta’minlash;
tegishli axborotni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarni, tavsiyalarni o‘rganish
hamda ularni amalda qo‘llash yuzasidan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) Vazirlikning Portaldan O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida zarur axborotni olishda ichki va
tashqi foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish yuzasidan;
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
v) Davlat statistika qo‘mitasining xalqaro tajribani va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini
inobatga olgan holda Portalda e’lon qilinadigan Ro‘yxatning muntazam yangilanib turilishini
ta’minlash yuzasidan shaxsan javobgarligi belgilab qo‘yilsin.
8. Agentlik 2019-yil 1-avgustga qadar Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ma’lumotlar
to‘plami va ular egalarining yagona reyestrini shakllantirgan holda barcha turdagi hisobotlar
hamda ma’lumotlar bazalari integratsiyalashtirilishini nazarda tutuvchi ma’lumotlarni boshqarish
davlat tizimini yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
9. Ushbu qarorning
 2-ilovasida 
ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar Agentlik hamda Davlat statistika
qo‘mitasi bilan birgalikda:
2019-yil 10-mayga qadar iqtisodiyot tarmoqlaridagi joriy ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning
miqdor, sifat va mazmunga oid parametrlarini tavsiflovchi xalqaro ko‘rsatkichlarni ushbu
indikatorlar mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash nuqtai nazaridan o‘rganib chiqsin;
2019-yil 20-mayga qadar iqtisodiyot tarmoqlaridagi ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning xalqaro
ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida Portalda joylashtiriladigan Ro‘yxatni zarur axborot (indikatorlar)
bilan, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazalari tizimlari
bo‘yicha axborot bilan to‘ldirsin;
2019-yil 1-iyunga qadar mavjud bo‘lmagan indikatorlarni shakllantirish metodikasini o‘rgansin
hamda keyinchalik Portalda joylashtirish uchun ularni ishlab chiqish bo‘yicha zarur choralarni
ko‘rsin.
10. Ushbu qarorning 
3-ilovasida 
ko‘rsatilgan mas’ul ijrochilar Agentlik va Davlat statistika
qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 20-mayga qadar “Ochiq ma’lumotlar global indeksi” va “Ochiq
ma’lumotlar barometri” metodikasining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq ma’lumotlar ochiqligi
holatini o‘rganib chiqsin va tahlil qilsin hamda mavjud ma’lumotlarni Portalda e’lon qilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar yagona
metodologik yondoshuvni ishlab chiqish va keyinchalik Portalda joylashtirish uchun ulardan
foydalanishni inobatga olgan holda hududning investitsiyaviy salohiyatini to‘la-to‘kis ochib beruvchi
axborot va materiallar ro‘yxatini Davlat statistika qo‘mitasi va Agentlikka kiritsin;
Portalni takomillashtirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar
sohasidagi faoliyatini baholash uchun xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlarning
mablag‘larini, shu jumladan grantlari (texnik ko‘magi)ni jalb etishda Davlat statistika qo‘mitasiga
ko‘maklashsin.

Yüklə 216,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə