Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 216,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix08.02.2023
ölçüsü216,66 Kb.
#100496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
09.04.2019 PQ-4273-son

Oldingi
 tahrirga qarang.
12. Davlat statistika qo‘mitasi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
a) 2019-yil 1-iyunga qadar:


09.11.2021, 19:17
PQ-4273-сон 09.04.2019. Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4277342
4/19
Portalda joylashtirishning aniq muddatlari va shakllarini belgilagan holda Ro‘yxatni
tasdiqlasin;
xalqaro ma’lumotlar bazalarini qo‘shimcha ravishda o‘rganib chiqsin va axborotning yangi
parametrlarini ishlab chiqish choralarini ko‘rib, keyinchalik ularni Ro‘yxatga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining
2020-yildan boshlab “Ochiq ma’lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma’lumotlar barometri” xalqaro
reytinglarida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
b) uch oy muddatda Ochiq ma’lumotlar puxtaligi modeli (“Open Data Maturity Model”)
hamda boshqa xalqaro amaliyotlar asosida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar
sohasidagi faoliyatini baholash mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin hamda natijalarni har
chorakda Portalda e’lon qilib borsin;
v) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
tomonidan ochiq ma’lumotlarning joylashtirilishi va muntazam yangilab turilishi ustidan doimiy
monitoring qilinishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf-
xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin
va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;
Oldingi
 tahrirga qarang.
har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturining qiymatini hisoblashda bazaviy
hisoblash miqdorlari yanada oshirilganini inobatga olsin;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-
5894-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-
son)
7-ilovaga 
muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasida yangilanishi lozim bo‘lgan axborot-
kommunikatsiya tizimlari uskunalarini xarid qilish uchun 2020-2021-yillarda Davlat budjetidan
Davlat statistika qo‘mitasiga zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
14. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davlat statistika organlarining axborot-
kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun belgilangan tartibda tuziladigan
ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan kompyuter
texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalari, dasturiy ta’minot vositalari hamda ularning ehtiyot
qismlari va butlovchi buyumlari 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat
solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ikki oy muddatda o‘z binolariga ega bo‘lmagan hududiy statistika organlarini joylashtirish
choralarini ko‘rsin;
hududiy statistika organlarining davlat tasarrufidagi binolar va xonalardan foydalanganligi
uchun ijara haqi qiymatini “nol” stavkada belgilasin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Vazirlik hamda Iqtisodiyot va sanoat
vazirligining:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
2020-2021-yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator
klaster tekshiruvlarini o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va
statistik tadqiqotlar markazi negizida belgilangan shtat birliklari soni doirasida O‘zbekiston
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik
tadqiqotlar institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik
berilsin.
17. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:


09.11.2021, 19:17
PQ-4273-сон 09.04.2019. Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4277342
5/19
davlat statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining bilim va
ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda takomillashtirishni, shuningdek, kasb mahorati yuksak darajada
bo‘lishini ta’minlaydigan tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
statistika borasidagi ko‘nikmalarni rivojlantirish, tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va
ularni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan, asosan ixtisoslik fanlaridan iborat bo‘lgan zamonaviy
ta’lim standartlari va sifat jihatidan yangi o‘qitish tizimini joriy etish;
statistika sohasidagi ilg‘or tajriba va ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ayirboshlash, shuningdek,
mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovka o‘tashi bo‘yicha mahalliy va
xorijiy ilmiy hamda ta’lim muassasalari, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
milliy darajada qo‘llanilayotgan metodologik vositalar, davlat va idoraviy statistik kuzatuvlarni
xalqaro darajada uyg‘unlashtirish, moslashtirish va qiyoslash nuqtai nazaridan ularni malakali
ekspertizadan o‘tkazish;
keyinchalik amaliyotda qo‘llash uchun ilg‘or statistika metodlari va texnologiyalari,
shuningdek, ochiq ma’lumotlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda innovatsion
ishlanmalarni amalga oshirish.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda:
2019-yil 1-iyulga qadar Portalda tegishli axborotni e’lon qilish va yangilash tartibini buzganlik
uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini, shuningdek, noto‘g‘ri davlat statistika hisobotlarini
taqdim qilganligi uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni
nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
2019-yil 1-dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda “Rasmiy statistika
to‘g‘risida”gi qonun loyihasini;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 2019-yil 1-oktabrga qadar “
Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida
”, “
Axborotdan foydalanish kafolatlari va
erkinligi to‘g‘risida
”gi hamda “
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida
”gi qonunlarning,
shuningdek, axborotni tarqatishga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning me’yorlari
unifikatsiyalashtirilishini nazarda tutuvchi axborotni tarqatish sohasidagi qonun loyihasini ishlab
chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
19. Davlat statistika qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy
muddatda:
a) quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va
statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish;
2020-2021-yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator
klaster tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini;
b) qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.
Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov
zimmasiga yuklansin.

Yüklə 216,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə