Dars rejasi



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#163059
1   2   3   4

HAZM QILISH SISTEMASI


Hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon hamda ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Itning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlari va tili joylashgan. Tili yordamida ular oziqning ta’mini aniqlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlaridan ajralib chiqadigan so‘lak oziqni ho‘llaydi. It tili yordamida oziqni so‘lak bilan aralashtiradi.

HAZM QILISH SISTEMASI


Og‘izda maydalangan oziq oshqozon shirasi bilan aralashib, qisman hazm bo‘ladi va ichakka o‘tadi. Ichakda oziq ichak va oshqozonosti bezlaridan ajralib chiqadigan hazm shirasi hamda jigardan ajraladigan o‘t suyuqligi ta’sirida hazm bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi yo‘g‘on ichakka tushadi; u yerdan to‘g‘ri ichak va anal teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi.

MODDALAR ALMASHINUVI


Nafas olish va qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlanganligi tufayli sutemizuvchilar tanasida moddalar almashinuvi jadal boradi. Sutemizuvchilar ham qushlar singari tana harorati doimiy, issiqqonli hayvonlardir. Biroq tana harorati qushlarnikiga nisbatan biroz pastroq bo‘ladi. It tanasi harorati o‘rtacha 37–38°C ga teng.

AYIRISH SISTEMASI


Sutemizuvchilarning ayirish organlari qorin bo‘shlig‘ida bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan loviya shaklidagi bir juft buyrakdan iborat. Buyraklarda hosil bo‘lgan siydik ikkita siydik yo‘li orqali qovuqqa to‘kiladi. Siydik qovuqdagi chiqarish nayi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

NERV SISTEMASI


Sutemizuvchilarning bosh miyasi ham boshqa umurtqali hayvonlarniki singari beshta bo‘limdan iborat.
Ammo oldingi miya katta yarimsharlari ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, ularning po‘stlog‘i burmalarni hosil qiladi. Burmalar qancha ko‘p bo‘lsa, miya po‘stlog‘ida shuncha ko‘p hujayralar bo‘ladi. Hayvonlar hayoti davomida hosil bo‘ladigan xilma-xil shartli reflekslar miya po‘stlog‘ining faoliyati bilan bog‘liq.

SEZGI ORGANLARI


Sutemizuvchilarning hid bilish, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va tuyg‘u organlari bo‘ladi. Lekin sezgi organlari turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Quruqlikda yashaydigan hayvonlar hidni yaxshi ajratadi. Hayvonlar hid orqali o‘z turidagi boshqa hayvonlarni, bolalarini, jinsini, o‘ljasi yoki dushmanini ajratib oladi.

Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə