Dars rejasi 1 Yopiq urugʻli oʻsimliklar va ularning qishloq xoʻjaligidagi ahamiyati



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#130025
  1   2   3
1 Yopiq urugʻli oʻsimliklar


Dars rejasi
1 Yopiq urugʻli oʻsimliklar va ularning qishloq xoʻjaligidagi ahamiyati
2 Iqlim omillari va ularning oʻsimliklar hayotidagi ahamiyati
YOPIQ URUGʻLILAR (Angiospermae) gulli oʻsimliklar — yuksak oʻsimliklar boʻlimi (tipi). Urugchisining boʻlishi, qoʻsh urugʻlanishi Yo. u.ning oʻziga xos belgisidir. Urugʻchisi gulning markazida joylashib, tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat. Urugʻchi tugunchasidagi kovakda urugʻkurtak rivojlanadi. Urugʻlangan tuguncha mevaga aylanib, uning ichidagi urugʻkurtakdan bitta yoki bir nechta urugʻ hosil boʻladi (nomi ham shundan kelib chiqqan). 200 mingga yaqin turi boʻlib, 300 oilaga mansub 10 mingdan ortiq turkumi bor.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham ular "Yopiq urug‘li o‘simliklar"deb ataladi.
Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi hali juda aniq hal etilmagan. Lekin bu haqda turli xildagi fikrlar ma’lum. Masalan, ayrim olimlar yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘li paporotniklardan, boshqalar bennetit yoki gnetumlardan kelib chiqqan deb taxmin qiladilar. Biroq yalang‘och urug‘lilar bilan yopiq o‘rtasidagi oraliq shakllar noma’lum.
Bu xil tuzilish arxegonial o'simliklarning deyarli birontasida ham uchramaydi. Yuksak murakkab anatomik va morfologik tuzilish magnoliyatoifalar (gulli o'simliklarning) ekologiyasi bilan bevosita aloqadordir. Ularning deyarli barchasi quruqlikda o'suvchi o'simliklar hisoblanadi. Ammo o'ta sovuq, issiq va quruq, hatto suvli muhitda ham o'sishi gulli o'simliklar uchun ikkilamchi yashash muhitlaridir. Hammasi bo'lib sho'r suvlarda gulli o'simliklardan 30 tacha turning o'sishi aniqlangan. Hatto Arktika va Antarktikada (Aira antarctica), Himolay tog'larining dengiz yuzidan 6200 mctr baland joylarida ham gulli o'simliklarning ayrim turlari topilgan (Arenaria musoiformis — chinniguldoshlar oilasidan).
Yer yuzidagi yuksak oʻsimliklarning yarmidan koʻprogʻini yopiq urugʻli oʻsimlik turlari tashkil etadi. Odamlar uchun keraqli oʻsimliklar, jumladan oziq-ovqat oʻsimliklari (bugʻdoy, javdar, sholi, kartoshka, dukkaqlilar va b.), tolali oʻsimliklar (gʻoʻza, zigʻir, kanop va h.k.), efir moyli va dorivor oʻsimliklar, mevalilar va kauchukli oʻsimliklarning koʻpchiligi G.oʻ.ga kiradi.
Iqlim omillariga harorat, yorugʻlik, suv kiradi. Biz quyida oʻsha omillarning tirik organizmlarga ta’sirini koʻrib chiqamiz. Harorat Yerdagi organizmlarning yashashi, rivojlanishi va

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə