Chirchiq davlat pedagika instituti pedagogika fakulteti


PSIXOLOGIK TADQIQOT O`TKAZISHNING ASOSIY BOSQICHLARI



Yüklə 139,52 Kb.
səhifə3/7
tarix31.12.2021
ölçüsü139,52 Kb.
#81938
1   2   3   4   5   6   7
Chirchiq davlat pedagika instituti pedagogika fakulteti

1.2. PSIXOLOGIK TADQIQOT O`TKAZISHNING ASOSIY BOSQICHLARI

Har qanday tadqiqot va o`rganishlar o`z maqsadiga, yo`nalishiga, qo`llanilayotgan vositalarning xususiyatiga, amaliy yoki nazariy ahamiyatiga ko`ra turlicha o`tkaziladi. Shu bilan birga ularning umumiy tomonlari ham mavjud. Masalan, har qanday tadqiqot to`rt bosqichda o`tkaziladi.

Birinchi bosqich - tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o`rganiladi, o`rganilayotgan hodisalar haqida dastlabki materiallar to`planadi. To`plangan materiallar tahlil qilinadi. Bu bosqichda tadqiqotchida ma`lum gipoteza (faraz) paydo bo`la boshlaydi. Bu faraz tadqiqot jarayonida yoki tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Har qanday tadqiqotning samadorligi, to`g`ri tadqiqot yo`lini tanlash ko`p jihatdan tayyorgarlik bosqichiga bog`liq.

Ikkinchi bosqich - bevosita tadqiqot o`tkazish bosqichi. Bunda tadqiqotning konkret metodikalari ishga solinadi. Bu bosqichda tadqiqotchi o`z tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha konkret metodikalardan (eksperimentlardan) foydalanadi. Tekshirish (eksperiment) o`tkazilib zaruriy tadqiqot (eksperimental) ma`lumotlar yig`iladi.

Uchinchi bosqich tadqiqot davomida to`plangan ma`lumotlarni miqdor jihatdan ishlab chiqish. Psixologiya fanida, bu bosqichda ko`plab samarali matematik metodlardan, statistik usullardan foydalaniladi.

Tadqiqotning to`rtinchi bosqichi olingan natijalarni tushuntirib berishdan iborat. Bu bosqichda to`plangan va matematik metodlar yordamida ishlab chiqilgan ma`lumotlar psixologik nuqtai-nazardan izohlanadi va tadqiqot gipotezasining to`g`ri yoki noto`g`riligi uzil kesil hal qilinadi.




Yüklə 139,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə