Chirchiq davlat pedagika instituti pedagogika fakulteti


I BOB YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI



Yüklə 139,52 Kb.
səhifə2/7
tarix31.12.2021
ölçüsü139,52 Kb.
#81938
1   2   3   4   5   6   7
Chirchiq davlat pedagika instituti pedagogika fakulteti

I BOB YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI.

1.1. PSIXOLOGIK METODLARNING TURLARI

Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yo‘llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug‘iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo‘lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilish lozim: Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog‘langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisani uning nervfiziologik asosdan ajratib o‘rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o‘rganish yaramaydi va hokazo. Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o‘zgarish jarayonida ko‘zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o‘smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo‘lmaydi. Psixik hayot hodisalarini ularni taraqqiyot jarayonida o‘rganganda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o‘tishini ko‘zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o‘rgana turib, bilim olish va to‘plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o‘zgarishni ko‘rsatib bersa bo‘ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g‘oyaning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o‘z mavzuini o‘rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi lozim. So‘ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, 15 psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim. Har bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida qo‘llaniladi.

Kuzatish va eksperimentdan tashqari, ilmiy tekshirishning boshqa maxsus metodlari: suhbat metodi, biografiya metodi, solishtirma tarixiy metod va boshqa metodlar ham qo‘llaniladi. Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, (ro‘znoma va oynoma) gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish, ota-onalar bilan suhbatlashish, shahar va viloyatlarda ota-onalar universitetlarini uyushtirish va uning ishini faollashtirish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, davra suhbatlarini uyushtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jamiyatimiz taraqqiyotida, komil insonni shakllantirishda, sog‘lom turmush tarzini barpo qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo`zg`atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog`lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta`sirning natijasida hosil bo`ladi.

Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog`lanishlarining birlashish mexanizmi hamda ana-lizatorlar faoliyati mexanizmlari ta`sirida hosil bo`ladi.

Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini -uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o`rganishdir. «Odam-ning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo`ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo`lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, ir-siy belgilar, ijtimoiy ta`sir asosiy omillar hisoblanadi.

Inson o`zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta`siri ostida bilimlarni o`zlashtira bo-radi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning his-tuyg`ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e`tiqodi, uni faollikka da`vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilak-lari, xohishlari asta-sekin o`zgarib boradi.

Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o`zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to`laroq, aniqroq aks ettirish im-koniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo`sindagi o`zaro bog`lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o`ziga munosabati vujudga keladi.

Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks et-tirishda namoyon bo`ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechira-yotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odam-larning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.

Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi obyektiv borliqqa va o`ziga faol ta`sir ko`rsatishida sodir bo`ladi. O`yinni kuzatishi, mehnati, o`qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxs-ning psixik rivojlanishini ifodalaydi.

Psixologiyaning an`anaviy, empirik metodlari to hozirgi kun-gacha muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda.

Barcha boshqa psixologiyaning tarmoqlari singari yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya ham o’z tadqiqot metodlariga ega.

Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yo‘llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug‘iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo‘lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak.Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim.Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilingan lozim: Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog‘langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisani uning nervfiziologik asosdan ajratib o‘rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o‘rganish yaramaydi va hokazo.

Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o‘zgarish jarayonida ko‘zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o‘smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo‘lmaydi. Psixik hayot hodisalarini ularni taraqqiyot jarayonida o‘rganganda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o‘tishini ko‘zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o‘rgana turib, bilim olish va to‘plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o‘zgarishni ko‘rsatib bersa bo‘ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilingan va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g‘oyaning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi.

Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o‘z mavzuini o‘rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilingandan boshlashi lozim. So‘ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida,psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.

Har bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida qo‘llaniladi.




Yüklə 139,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə