Chirchiq 2021 texnologiya va uni o`qitish metodikasi



Yüklə 4,3 Mb.
səhifə7/99
tarix19.12.2023
ölçüsü4,3 Mb.
#151693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
texnologiya va uni oqitish metodikasi2021 2 kurs umk-2

Savollar

  1. O‘quvchilarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishdan asosiy maqsad nima?

  2. Qanday qo‘l mehnati ish turlari o‘rganiladi?

  3. Mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifasi nimalardan iborat?



Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari
REJA:

  1. O‘quvchilarni mehnatga axloqiy tayyorlash

  2. O‘quvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlash

  3. O‘quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash



Tayanch so‘zlar

  1. Mehnat- Biror maqsad uchun qaratilgan aqliy yoki jismoniy faoliyat, ish.

  2. Jarayon - Oqimning borishi, sodir bo‘lishi, ish-harakat voqea –hodisaning birin-ketin borishi, rivoji.

  3. Boshlang‘ich ta’lim- Umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi. O‘zR da boshlang‘ich ta’lim 1-4 sinflarda bolalarga ilk ta’lim berish, ularni ma’naviy kamol toptirishning boshlang‘ich davri hisoblanadi.

  4. Dars - O‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi va tugal mazmunidan iborat jarayon.

Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo‘yadi. Shunga ko‘ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o‘zgarishlar qilishi lozim. Har bir o‘quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang‘ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o‘z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va mehnatni har tomonlama uyg‘unlashtira olishga o‘rgatishdan iboratdir.


O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalash va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang‘ich sinflarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o‘quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat darslari yеtakchi rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limining ilk tushunchalari, malaka va ko‘nikmalari mehnat darslarida shakllantiriladi.
Boshlang‘ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy, ruhiy tayyorlash va amaliy tayyorlash, o‘quvchilarni boshlang‘ich politexnik bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.

Yüklə 4,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə