Chirchiq 2021 texnologiya va uni o`qitish metodikasi


SILLABUS (2021-2022 o`quv yili uchun)



Yüklə 4,3 Mb.
səhifə3/99
tarix19.12.2023
ölçüsü4,3 Mb.
#151693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
texnologiya va uni oqitish metodikasi2021 2 kurs umk-2

SILLABUS
(2021-2022 o`quv yili uchun)



Kafedra nomi

Boshlang`ich ta’lim metodikasi“

O`qituvchi haqida ma‘lumot

Tashpulatova Dilorom Mukimovna

Tel: 99-409-47-42



Semestr va o`quv kursining davomiyligi

3-4- semestr
va jami soat



O`quv soatlari hajmi

Jami

330

Shundan

150

Ma’ruza

60

Amaliy

60

Seminar

30

Mustaqil ta‘lim

180

Yo`nalish nomi va shifri

5111700

Boshlang‘ich ta’lim



O‘QUV MATERIALLARI


MA’RUZA MASHG’ULOTNING TA`LIM TEXNOLOGIYALAR ISHLANMASI


Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari
REJA
1. Mehnat ta’limining maqsadi
2. Mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari
3 Mehnat tarbiyasini shakllantirish
4. Mehnat ta’limi vazifalarining uzviyligi
Tayanch so‘zlar
Ta’limiy maqsad – o‘quvchilarning barkamol shaxslar bo‘lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, qo‘l mehnatiga o‘rgatish, ularni kasblar haqida ma’lumotlar berish bilan birga uyg‘unlashtirish orqali ularning kasbga tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarini, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad – mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga yordam berishdan iborat.
Nazorat maqsad – o‘quvchilarning dasturda belgilangan bilim, ko‘nikmalarni DTS ga binoan o‘zlashtirish holatini nazorat qilishdan iborat.
Ijodiy vazifa – mehnat ta’limi jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun o‘quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishiga o‘rgatish.
Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy vazifalarni amalda bajara olish.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha fanlarning DTS lari va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda.
Mehnat ta’limi bo‘yicha DTS da umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o‘quvchilarning mehnat ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasini me’yorlari ifodalanadi.
Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy, ruhiy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;

  2. Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o‘rgatish;

  3. Mehnat qilishga nisbatan rag‘batni, shuningdek, muhabbatni uyg‘otish;

  4. O‘quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish;

  5. Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish;

  6. Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;

  7. Mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo‘lish;

  8. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko‘nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;

  9. O‘quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o‘z mehnati samarasidan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish;

  10. Muayyan kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirishga erishish va hokazolar.

Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o‘yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o‘zlashtirilishiga erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
Ijtimoiy mehnatning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, o‘quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.

Yüklə 4,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə