Chernobil fojiasi va uning oqibatlari



Yüklə 1,8 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#144120
chernobil fojiasi

Chernobil fojiasi va uning oqibatlari

Fojianing sabablari

  • 1986-yilning 26-aprel kuni Ukraina SSRga qarashli Pripyat shahri yaqinida joylashgan (Ukraina SSR, hozirgi Ukraina) Chernobil AESning 4-reaktori portlashi oqibatida yuz bergan insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojialardan biri. Vayronagarchilik portlash natijasida sodir boʻlib, reaktor toʻliq vayron boʻldi va atrof-muhitga katta miqdordagi radioaktiv moddalar tarqaldi. Xalqaro AES tashkiloti Chernobil fojiasini 7 ball bilan baholab, hozirgacha yuz bergan eng yirik AES avariyalaridan biri ekanligini taʼkidlab keladi.

Vayronagarchiliklar ko’lami

Chernobil falokatidan soʻng, 600 mingdan ortiq ishchi portlash oqibatlarining oldini olish uchun safarbar qilinadi. Xarajatlar taxminan 18 milliard rublni tashkil qiladi. Falokat sabab halok boʻlganlarning soni 4 mingdan 93 mingacha ekanligi taxmin qilinadi. Avariya halok boʻlgan va uning oqibatlaridan jabr koʻrgan odamlarning taxminiy soni boʻyicha ham, iqtisodiy zarar nuqtai nazaridan ham atom energetikasi tarixidagi eng yirik avariya hisoblanadi.

Chernobil fojiasining iqlim va ekologiyaning o’zgarishiga ko’rsatgan ta’siri

  • Xirosima va Nagasaki portlashlaridan farqli oʻlaroq, portlash juda kuchli “ iflos bomba “ ga oʻxshardi — radioaktiv ifloslanish asosiy zarar etkazuvchi omil boʻladi. Yonayotgan reaktor tutuni turli xil radioaktiv moddalarni, birinchi navbatda, yod va seziy radionuklidlarini Yevropaning katta qismiga olib oʻtadi. Reaktor yaqinidagi eng katta yogʻinlar Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi va Ukrainaga tegishli hududlarida qayd etilgan. Chernobil AESdan ajralib chiqqan radioktiv toʻlqin Sovetlar davlatining gʻarbiga, Qoradengiz boʻyi davlatlari va Yevropaga qadar kirib boradi.

Radioaktiv nurlaniahning inson salomatligiga ta’siri

  • Radionuklidlarning organizmda chiqarilishi, radionuklidlarning fizikaviy-kimyoviy xossalariga, yarim yemirilish davrlariga bog‘liq bo‘lib, to‘liq chiqarilmasdan organizmdagi turli organlarda (suyakda, mushaklarda, o‘pkada va boshqalarda) to‘planadi. Kishilar organizmiga o‘tgan radioaktiv izotoplarning xavfsiz deb belgilangan chegaraviy miqdoridan ortib ketishi kishilarning ortiqcha nurlanish olishiga olib keladi. Ortiqcha nurlanish esa sog‘lom hujayralar atomlarini ionlashtirib, hujayralarni yemiradi, qon tarkibini o‘zgartiradi, hayot uchun xavfli bo‘lgan turli patalogik jarayonlar (saraton, nasl kasalligi, bepushtlik, teri, qon kasalliklari) kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Halokatni bartaraf etish uchun qilingan ishlar

  • Oqibatlarni bartaraf etish uchun katta resurslar safarbar etildi, avariya oqibatlarini bartaraf etishda 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Chernobil AES avval amalga oshirilmagan yirik muhandislik yoʻli bilan 2016-yilda, tayyorlangan poʻlat qalqon yordamida toʻliq oʻrab chiqiladi. Kengligi 275 metr, uzunligi esa 108 metr va ogʻirligi 36 ming tonnalik poʻlat qalqon reaktorning ustini butunlay qoplaydigan shaklda bunyod qilinadi. 100 yil davomida radioaktiv nurlarni qaytarib turishga moʻljallangan bu inshoot Ukraina hukumati uchun 1,5 milliard dollarga tushadi.

Hozirgi Chernobil qanday ko’rinishda


Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə