Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


Bitiruv mаlаkаviy ishi tаrkibining qisqacha tafsifi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

Bitiruv mаlаkаviy ishi tаrkibining qisqacha tafsifi. 
Bitiruv mаlаkаviy ish 
kirish, uchtа bob, xulosа, foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаtidаn iborаt. 
 


6
 
1-BOB. CHAKANA SAVDODA TOVAR MUOMALALARINING 
HISOBI VA AUDITINING NAZARIY ASOSLARI 
1.1.Savdo faoliyatini tashkil etishning mohiyati, ahamiyati va uning turlari
Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash va liberallashtirish sharoitida amalga 
oshirishda savdo korxonalarining o’rni alohida axamiyat kasb etadi. Shu o’rinda 
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida savdo-tijorat korxonalarining yalpi ichki 
mahsulot tarkibidagi ulushi ancha yuqori. Shu sababli, respublikamizda savdo-
tijorat korxonalari faoliyatini tashkil qilish va jahon tajribasi asosida 
takomillashtirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
“O’tgan davr mobaynida tashqi siyosat sohasida xorijiy davlatlar, birinchi 
navbatda, qo’shni mamlakatlar bilan do’stona va o’zaro manfaatli munosabatlarni 
rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishdik. 
2017 yilda 21 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi, 60 dan ortiq 
davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazildi. 
Natijada 400 dan ortiq bitim va kelishuvlarga erishildi, qariyb 60 milliard AQSH 
dollari hajmidagi savdo va sarmoyaviy shartnomalar imzolandi. Qabul qilingan 
hujjat va kelishuvlarni o’z vaqtida to’liq bajarish maqsadida 40 ta “yo’l xaritasi” 
ishlab chiqildi va xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 
“O’zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor 
yo’nalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishdik. Natijada mintaqamizda 
mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, o’zaro ishonch va yaxshi qo’shnichilik 
asosidagi aloqalar mustahkamlanmoqda. 
Turkmaniston va Qirg’iziston bilan strategik hamkorlik o’rnatildi. 
Qozog’iston bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir 
qator muhim hujjatlar imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar 
tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz har tomonlama mustahkamlanmoqda. 
Toshkent va Dushanbe shaharlari o’rtasida aviaqatnov yo’lga qo’yildi. 
Qirg’iziston bilan davlat chegaralari to’g’risidagi bitimning imzolanishi 
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan katta qadam 
bo’ldi. Qo’shni Afg’oniston Islom Respublikasi bilan o’zaro manfaatli hamkorlik 


7
 
yo’lida muhim kelishuvlarga erishildi, yangi iqtisodiy loyihalar bo’yicha amaliy 
ishlar boshlandi. Shuningdek, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, AQSH va 
Evropa Ittifoqi davlatlari, musulmon mamlakatlari bilan ham samarali bitim va 
kelishuvlarga erishildi
2
”. 
Savdo yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan 
tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi. U ishlab chiqarish sohasini iste’mol sohasi 
bilan bog’lovchi bo’g’indir. Savdosiz yaratilgan mahsulotlar o’z iste’molchilariga 
yetib bormaydi. Demak, savdo makon va zamonda takror ishlab chiqarishni 
amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir.
Savdo tovar-pul munosabatlarining majmuasidir. Ushbu munosabatlarda bir 
tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa sotib oluvchi ishtirok etadi. Tovar-pul 
munosabatlari majmuasi savdoni iqtisodiyotining mahsus tarmog’i darajasida 
harakat qilishiga olib keladi.
Savdo faoliyatini turli belgilari bo’yicha guruhlash mumkin. 
Amal qilish hududiga ko’ra
savdo faoliyati ichki va tashqi savdoga 
bo’linadi. 
Ichki savdo –bu bir mamlakat hududi chegarasida amalga oshiriladigan 
savdo faoliyati.
Tashqi savdo – bu mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahalliy tovarlarni 
boshqa mamlakatlarga sotish faoliyati. Tashqi savdo faoliyati, boshqachasiga, 
eksport deb ham ataladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə