Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


bo’yicha belgilangan me’yoriy aktlar va qoidalari talablariga rioya qilinishi orqali  ta’minlanadi. 1-jadval



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

 
bo’yicha belgilangan me’yoriy aktlar va qoidalari talablariga rioya qilinishi orqali 
ta’minlanadi.
1-jadval
.
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari
6

Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari 
1. 
Tovar aylanmasining miqdorini hujjatli asosga ega bo’lishligini ta’minlash, uni hisob 
registrlari va hisobotlarda to’g’ri aks ettirish; 
2. 
Tuzilgan shartnomalarni bajarilayotganligini, tovarlarni kirim va chiqimiga tegishli 
bo’lgan boshlang’ich hujjatlarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash; 
3. 
Tovarlarning sotish baholarini to’g’ri shakllanganligini nazorat qilish; 
4. 
1.
Tovarlarni xaridorlarga etkazishgacha bajarilgan transportirovka, saqlash, o’rash, 
qadoqlash, saralash va shu kabi qo’shimcha jarayonlar majmuasini hujjatlarda o’z 
vaqtida va to’g’ri ask ettirish, ularga sarflangan mablag’larni aniq summasini ifodalash; 
5. 
Tovar –pul munosabatlari orqali pul mablag’larini to’plash. 
savdo korxonalarida yuz beradigan tovar-pul operatsiyalarini o’z vaqtida, to’g’ri 
hujjatlashtirish, guruhlash va jamlanishini ta’minlash; 
6. 
Amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining qonuniyligi va tovar-moddiy boyliklar 
butligini ta’minlash; 
7. 
Tovar-moddiy boyliklarning saqlanish joylarida ombor hisobini belgilangan usul va 
shakllarda, shuningdek hisob registrlari hisoblangan kitob, kartochka yoki 
qaydnomalarni o’z vaqtida va to’g’ri yuritilishini ta’minlash; 
8. 
Barcha moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan qat’iy nazoratni olib borish, moddiy–
javobgar shaxslar bilan tuzilgan moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomalar 
shartlariga to’liq amal qilinayotganligi to’g’risida rahbariyatga haqqoniy axborotlarni 
berib borish; 
9. 
Tovar-moddiy boyliklar bo’yicha baho siyosatini to’g’ri shakllantirish va ushbu 
siyosatni to’g’ri amalga oshirilishi ustidan doimiy nazoratni olib borish; 
10. 
Savdo shahobchalari va omborlardagi tovar-moddiy boyliklarni real holatini belgilangan 
muddatlarda inventarizatsiyasini o’tkazib turish. 
Nazorat tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’lari harakatini to’g’ri va o’z 
vaqtida hisobga olish, tovarlar realizatsiyasidan tushgan pulni aniqlash va to’liq 
bankka topshirilishi, hujjatli taftish, inventarizatsiya tovarlarini qabul qilish, berish 
va saqlashni qo’qqisdan bo’ladigan nazorat tekshiruvlarini sifatli o’tkazilishi 
ko’magida amalga oshiriladi. Mulkni saqlanishini ta’minlashga moddiy 
javobgarlikni, xodimlarni tanlash va taynlanishini to’g’ri tashkil etilishi ham 
yordam beradi. Yakka tartibdagi va jamoa moddiy javobgarligining to’g’ri tashkil 
etilishi savdodagi ulkan tovar hajmini saqlanishini ta’minlaydi. Tovar moddiy 
boyliklarini saqlanishi va oqilona foydalanishi ustidan qattiy nazorat o’rnatilishi 
savdo xodimlarining jamoat mulkidan daromad undirish yo’lidagi yo’l 
6
O’razov K. va boshqalar “Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi” O’quv qo’llanma. T.: 
2015y. 145 b. 


14
 
qo’yiladigan urinishlar yo’liga haqiqiy to’siq bo’la oladi. 
Buxgalteriyada hisobga olishning muhim vazifasi-xo’jalik hisobini xar 
tomonlama mustahkamlash, faqat korxonalarni emas, moddiy boyliklar va pul 
mablag’lari sarfi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradilar. 
Buxgalteriyada hisobga olish ma’lumotlari xo’jasizlik va isrofgarchilik 
holatlarini aniqlash, jonli va moddiylashtirilgan mehnatni tejashning qo’shimcha 
manbalarini aniqlash, rentabellikni oshirishning manbalarini topish imkonini 
beradi. Xo’jalik hisobi korxona faoliyati pirovard natijasining eng yaxshi 
nazoratchisi bo’lib, zararsiz ishlash ma’suliyatining oshirilishini talab qiladi. 
Tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga etkazishda moddiy va pul 
xarajatlarini kamaytiradi, savdo korxonalari rentabelligini oshiradi.
Bundan tashqari buxgalteriyada hisobga olish, uni oqilona tashkil etishning 
umumiy vazifalarini hisobga olishni savdoni alohida bo’g’inlarida ularning 
xususiyatlarini e’tiborga olib, muvaffaqiyatli yuritilishini ta’minlashi zarur. Shunga 
ko’ra tovarlarni tuzilgan shartnomalarga muvofiq tarzda etkazib berilishini to’g’ri 
hisobga olib borilishi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday buxgalteriya 
hisobini tashkil etish uchun, eng avvalo, hisobning pastki qismida hisob-kitoblarni 
to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir. Buning uchun buxgalterlar, iqtisodchilar 
buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun va yo’riqnomalarni juda yaxshi bilishi 
zarur.
Savdo korxonalari bir birlaridan tovar operatsiyalarini tegishli hujjatlar bilan 
rasmiylashtirish bo’yicha ham farq qiladi. Jumladan, ulgurji savdo korxonalaridagi 
tovar operatsiyalarining xarakterli xususiyatlaridan biri shundaki, bironta tovar-
moddiy 
boylikning 
kirim 
va 
chiqimi 
bu 
erda 
tegishli 
hujjatlarni 
rasmiylashtirmasdan turib amalga oshirilmaydi. Chakana savdo va umumiy 
ovqatlanish korxonalarida, aksincha, har bir tovar operatsiyasini hujjatlashtirib 
bo’lmaydi. Omborlardan tovarlar faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotiladi, 
chakana savdo va umumiy ovqatlanishda esa tovarlar asosan naqd pulga, ayrim 
hollarda kichik ulgurji shaklda naqdsiz sotilishi mumkin.


15
 
O’zbekiton Respublikasida buxgalteriya hisobining milliy standartlariga 
(BHMS), shu jumladan 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»
7
iga, muvofiq 
tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning ikkita tizimini, ya’ni davriy tizim va 
o’zliksiz tizimini qo’llash mumkin. Bu quyidagi 1-rasmda aks ettirilgan.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə