Buyuk britaniyaning aholisi, mehnat resurslari



Yüklə 29,34 Kb.
səhifə4/4
tarix29.05.2023
ölçüsü29,34 Kb.
#113989
1   2   3   4
BUYUK BRITANIYANING AHOLISI

Ta’lim tizimi. Buyuk Britaniyada boshlang’ich va to’liqsiz o’rta ta’lim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlang’ich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha o’qiladi. O’rta maktablar asosan 3 turga: 5-7 yillik grammatik maktablar, 5 (ba’zan 7) yillik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy maktablarga bo’linadi. O’quvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin ta’limni kollej, universitet va boshqa oliy o’quv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. . Buyuk Britaniyada 80 ga yaqin universetet, 40 ga yaqin politexnika kolleji faoliyat olib boradi. Eng qadimgi universitetlari Oksford (1167y.) va Kembrij (1209y.), Edinburg (1583y.), Darema (1832y.) universitetlari bo’lib, unda nafaqat Buyuk Britaniya fuqoralari, balki, jahonning ko’pgina hududlaridan ham yoshlar kelib ta’lim oladi. SHuningdek, London Imperial kolleji (1907y.) ham yetuk kadrlar tayyorlashda muhim o’rin tutadi.
1662 yilda London Qirollik jamiyati tashkil topdi. 1675 yil Grinvichda Buyuk Britaniyaning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi — Qirollik- Grinvich rasadxonasi, Qirollik san’at akademiyasi, Britaniya akademiyasi, Buyuk Britaniya. Qirollik instituti, Angliya va ingliz tili to’g’risidagi bilimlarni yoyish bo’yicha Britaniya Kengashi, Edinburg qirollik jamiyati tashkil etilib faoliyat olib bormoqda.
Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya Qo’shma Qirolligining ramzi qo’yidagilar hisoblanadi: London Taueri, Big-Ben, London Parlament o’yi, Britaniya muzeyi, Pikadilli maydoni, Temza daryosidagi Tauer ko’prigi va boshqalar.
Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, SHotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford universitetlarining kutubxonalari va boshqalar.
Yüklə 29,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə