Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
agrobiznes

 
Taqrizchilar:
Murtazayev O. – ТDIU Samarqand filiali direktori. 
i.f.d.professor. 
Navro’zzoda B.N. –BuxDU «Servis sohasi 
iqtisodiyoti” kafedrasi professori, i.f.d
.
 



KIRISH
Maʼlumki, taʼlim tizimi mamlakatimiz kelajagini, avlodlar vorisli-
gini taʼminlovchi asosiy vositadir. Har qanday davlatda osoyishtalik va 
farovonlikning asosi, poydevori boʼlib maʼrifatlilik darajasi hisoblanadi. 
Yuksak maʼnaviyatli iqtisodchi kadrlarning tarbiyasida va uni amalga 
oshirish jarayonida maʼnaviyat sohasining bir necha funktsiyalari erkin 
amalga oshib boradi. Insoniy jamiyatni faqatgina ongli, aql-tafakkurli
salohiyatli kishilar yaratadi. Yaratuvchanlik salohiyatini oʼstirmay, ong, 
saviya, dunyoqarashni taraqqiy ettirmay turib, jamiyatni, millat 
turmushini oʼzgartirib boʼlmaydi. Shunday ekan, mamlakat kelajagi 
hisoblangan yosh avlod dunyoqarashini shakllantirish, ularga oʼzligini 
anglatish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu jihatdan biz 
yoshlarda zamonaviy bilimlarni shakllantirish, jahon andozalariga 
moslarini rivojlantirish yoʼlidan borishimiz kerakligi zamon talabi boʼlib 
maydonga chiqadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasidagi 
yangilanish va takomillashtirish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida belgilab olingan ustuvor vazifalar – sohada kuchli taʼlim-
tarbiya tizimi yoʼlga qoʼyildi, oʼqitiladigan fanlar, oʼqituvchi-murabbiy-
lar professionallashdi. Bu esa yosh avlodni, ular qanday soha yoki muta-
xassislikda taʼlim olmasin, zamon talablariga javob beradigan, har 
tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar qilib tarbiyalashda bosh maqsad 
sifatida belgilab berishga asos boʼlib xizmat qiladi. Maqsadlar amalga 
oshirilishida maʼnaviy-maʼrifiy omillarning oʼrni, iqtisod sohasida 
taʼlim olayotgan va faoliyat olib borayotgan kadrlar faoliyatida 
uygʼunlashuvi borasidagi aniq moʼljal va prognozlarni ishlab chiqish, bu 
jarayonda amal qiladigan kuchli mexanizmni aniqlashtirib olish ushbu 
sohada yanada chuqurroq ilmiy tadqiqotlarga boʼlgan zaruratni keltirib 
chiqaradi.
Bugungi kunga kelib taʼlim insoniyat faoliyatining barcha 
jabhalariga yangi texnologiyalarning kirib borishi, raqobatbardoshlik 
oʼsishi va aholining turmush darajasi oshishining asosiy sharti boʼlib 
xizmat qilmoqda. Haqiqatan ham, bugungi kunda oliy taʼlimning deyarli 
barcha jabhalarida taʼlim jarayonini tashkil etish, oʼquv adabiyotlarini 
shakllantirish jarayoni tubdan qayta koʼrib chiqilmoqda.
Zamonaviy oʼquv adabiyotlarini yaratish taʼlim jarayonini tashkil 
etishning asosiy sharti hisoblanganligi sababli, taʼlim jarayonini tashkil 



etishning innovatsion faoliyati bu borada qator ustuvorliklarga ega 
boʼlgan oʼquv adabiyotlarini yaratishni talab etadi.
“Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” fanidan tayyorlangan 
mazkur oʼquv qoʼllanma Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 
yil 7 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947-son Farmoni, 
2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari 
toʼgʼrisida”gi 
PQ-2909-son, 2017 yil 30 iyundagi 
“Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun 
shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-
5099-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar 
tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining 
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3151- 
son Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar doirasida shakllantirilgan. 
Oʼquv qoʼllanmani tayyorlashda oliy taʼlim muassasalarida talaba-
larni kasbiy tayyorlash jarayonida oʼqitishning didaktik vositalarini 
qoʼllash muammosi boʼyicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator: 
oʼqitishning anʼanaviy va zamonaviy didaktik vositalari asosida 
talabalarnig ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishning integrativ texnolo-
giyasi (Chicago university, Аmerika); taʼlim oluvchilarning kasbiy 
shakllanishiga maqsadli kompleks taʼsir koʼrsatish metodikasi (Institute 
named after Frica Bauer, Germaniya); oʼquvchilarni intellektual va 
psixoemotsional rivojlantirish tizimi (National Advice on pedagogical 
technology, Аngliya); oʼquvchilarda loyihalashtirish koʼnikma va 
malakalarini rivojlantirishga oid taʼlimning yangi texnologiyalari 
(Pedagogik texnologiyalar markazi, Rossiya); kabi qator tajribalardan 
keng foydalanildi.
Oʼquv qoʼllanma oʼquvchi-talabalarni ijodiy fikrlashga, oʼzgaruv-
chan vaziyatlarga oʼrgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish 
jarayonlariga moʼljallangan boʼlib, talabalarda mustaqillik, erkin 
fikrlashni tarbiyalash jarayonlari uchun moʼljallangan. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə