Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
agrobiznes

Oltinchidan
, agrosanoat majmuasi oxirgi tayyor mahsulotining 
sifati qanday bo’lishi qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulot sifati 
bilan belgilanadi; 
Yettinchidan
, aynan qishloq xo’jaligini sanoatlashtirish jarayoni 
agrosanoat integratsiyasini kuchaytiradi. Bunda qishloq xo’jaligi va 
sanoat yanada yaqinlashadi. Bu esa fan, texnika taraqqiyotini 
tezlashtiruvchi asosiy omillardan biridir. 
Qishloq xo’jaligi rivojlanishi natijasida majmua tarkibidagi 
tarmoqlarning ham yuksalishi ta’minlanadi. Masalan, tarmoqning 
ko’lami kengaysa, ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talab ortadi. Bu 
talabni qondirish uchun sanoat tarmoqlari intensiv faoliyat ko’rsatish 
bilan hajman kengayishga ham erishishlari lozim. Tarmoqda qishloq 
xo’jalik mahsulotlari hajmining barqaror ravishda o’sishi ularni qayta 
ishlovchi tarmoqlar samarali faoliyat ko’rsatishini talab etadi. Demak, 
agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha tarmoqlar qishloq xo’jaligi bilan 
bevosita bog’liq. Shuning uchun respublika qishloq xo’jaligini 
maqsadga muvofiq tashkil etish va zamon talabi asosida boshqarishga 
alohida e’tibor berish lozim. 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi tarkibiy va institusional 
o‘zgarishlar bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi. 
Birinchisi
– agrar sektorni isloh qilish, shu jumladan yer islohoti. 
Kolxoz va sovxozlarni fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish
qishloq xo‘jaligi bilan kooperatsiya asosida ishlovchi korxonalarni 
xususiylashtirish. Qishloqda ko‘p ukladli iqtisodiyotni tashkil etish. 
Yerga bo‘lgan mulk huquqi masalalarini hal etish.



Ikkinchisi
– mahsulotlarni sotib olish va sotish, ishlab chiqarish 
ulgurji va chakana savdosi tizimini davlat tasarrufidan chiqarish. Yangi 
sotish tarmoqlari, shu jumladan ulgurji bozorlar, birjalar, yarmarkalar 
rivojlandi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə