Budjet hisobi


Davlat maqsadli jamg’armalarida jumladan budjetdan tashqari Pensiya



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Davlat maqsadli jamg’armalarida jumladan budjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va boshqa budjetdan tashqari 
jamg’armalarida
jamg’armalar budjeti daromadlari shakllanishi, xarajatlarini amalga 
oshirish, hisoblashuvlar hisobi, budjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlari 
belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, hisobotlar tuzilmoqda. 
Budjet tashkilotlarida budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, budjetdan tashqari 
mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi 
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. 
tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan)
ga asosan 
yuritilmoqda. Budjet tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va 
kreditorlik majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya 
axborotlari shakllantirilib
“O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag’ bilan 
ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash 
hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar”
ga (O’z.R AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda
№ 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda.
 
2. Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari
Budjet hisobining vazifalari: 
-
Budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; 
-
Budjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish; 
-
Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va 
harakatini aks ettirish; 
-
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va 
natijalarini shakllantirish; 
-
Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, 
mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq 
hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 
-
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni 
tuzishdan iboratdir. 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə