Budjet hisobi



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
 
 



 
 
 
 
 
“BUDJET HISOBI”
fanidan 
MA`RUZA MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1-MAVZU: “BUDJET HISOBI” FANINING PREDMETI VA METODI
 
REJA: 
1.Budjet hisobining predmetivametodi 
2. Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari. 
3.Budjet hisobi sub’ektlarivaob’yektlarining iqtisodiy mazmuni. 
4.Budjet hisobining boshqa maxsus fanlar bilan aloqasi. 
5.Budjet hisobini horijiy mamlakatlarda yuritish amaliyoti. 
1.Budjet hisobining predmeti va metodi. 
 
Davlat budjeti - Davlat pul mablag’larining
(shu jumladan, 
Davlat maqsadli 
jamg’armalari mablag’larining
) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar 
manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar 
uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston 
Respublikasi Davlat budjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika budjetini, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi. Budjet ijrosi jarayonida 
belgilangan tartibda budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar budjet tasnifi bo’yicha 
amalga oshiriladi. Budjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar budjet hisobini tashkil etish va 
yuritish orqali shakllantiriladi.
Budjet hisobi
bu budjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat budjeti
Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga 
olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul 
o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə