Boshlovchi: So’zimiz boshi salom


Davraga “KITOB” (Sabohat) kirib keladi



Yüklə 440,31 Kb.
səhifə2/3
tarix17.12.2023
ölçüsü440,31 Kb.
#149649
1   2   3
milliy ananalar kitoblar gavharida

Davraga “KITOB” (Sabohat) kirib keladi.
-Endi meni keragim yo'qmi? 
Nega uloqtirding meni jovonga? 
Aqldan shunchalik ko'ngillar to'qmi? 
Keragim qolmadimi? endi zamonga. 
Xechkim o'qimaydi, yozadigan ko'p. 
Planshet a'lodur, alifboyimdan. 
Meni yirtib... noxot soladigan ko'p. 
Xech kim olib qo"ymas ... sigir poyidan. 
Ho'p dedim, chidadim, o'qimay qo'yding. 
Sabirim qolmadi zarra toqatga. 
Qog'oz yuragimni olovda so'yding. 
Ishlatib yubording xojatxonaga. 
Kitoblari qolgan kutubxonani. 
Majburan obuna bo'lar o'quvchi. 
Asrlab asragan asarlarimni. 
Xaridori faqat, pista sotuvchi. 
Telefonni yaratish uchun. 
Mendan to'plangandi barcha ma'lumot... 
Oh bu ne ko’rgulik…


O’quvchi (Madina): Sizga nima bo’ldi unday qilmang, biz sizni yaxshi ko’ramiz, sizdan ko’p narsalarni o’rganamiz. Mana bugun biz sizdan o’qib o’rgangan urf-odatlarimiz, an’analarimizni ko’rsatib beruvchi tadbir tayyorlaganmiz, keling birgalikda tamosha qilamiz. Bu tadbirdan sizga bo’lgan xurmatimizni bilib olasiz.

I. Boshlovchi:


Sarvinoz hozirgi kunda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich milliy an’analarimizni mustahkamlash maqsadida har xil qarorlar va farmonlar bermoqdalar. Shular haqda o’quvchilardan yangiliklarni eshitsak nima deysiz.
II.Boshlovchi: Mayli eshitamiz.

*O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 17 noyabrda  O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror imzolandi. (Ibrohimjon)
*Xalqimizning go‘zal va betakror an’analari, milliy o‘yinlari borki, ular navqiron avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda 2017 yil 11oktyabrda milliy o’yinlarni hayotga tadbiq etish chora tadbirlari ishlab chiqildi. (Ruhshona)
*Musiqa va san’at kollejlarida milliy musiqa falklor janrlarini yanada rivojlantirishga va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qadimiy tariximizni yod etuvchi masjit va madrasalar qayta tiklanmoqda. (Sardor)
*Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmogʻini tashkil qilishni takomillashtirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. (Madina)
*Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan har bir qarorlar biz yoshlarni kelajagini uylaganliklaridandur. (Sardor) ((Birgalikda: Biz shu yurt farzandiligimizdan faxrlanamiz)
II. Alisher Navoiy shunday deydi: Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlar hazinasiga oshno eta oladi. Endigi navbat o’quvchilarimiz tomonidan aytiladigan she’rlarga.
KIТOBNING DA'VOSI
— Sumkangda yotaverib,
Charchab ketdim-ku, jo‘ra.
Qarab qo‘ysang bo‘lardi
Uxlab yotgandan ko‘ra.
 Buklaysan varog‘imni,
Kirlab ketgan muqovam.
Anvarning kitobidan
Aytgin, mening nimam kam?!
 Jild kiygizib yuziga
Тinim bermay o‘qiydi.
Oshib-toshib bilimi
Hatto she'rlar to‘qiydi.
 Qara, to‘kding siyohni
Qaramasdan ko‘zingga.
Qani, chizib qo‘ysaydim
Shu bo‘yoqni yuzingga...( Muhammadali)
FANLAR QASRIDA
 Bir kun fanlar qasrida 
Rosa janjal bo`libdi.
Yana barcha kitoblar
Xafalashib qolibdi.
 Bolalar-chi, beparvo
O`yin-kulgu qilishar.
O`zlariga zo`r do`st deb,
Kompyuterni bilishar.
 Kompyuterning charchog`i
Hech bosilmas chamamda.
Kitoblar-chi, chang bosib,
Тurishibdi javonda. (Iroda)

BAHS
 Oftob va kitob,
Qilishdi xitob.
Aytgin-chi, kim zo`r,
Javob ber Jasur?!
 Oftob paxlavon,
Yoritar jahon.
Kitob — tafakkur,
Yoritar shuur.
 Bahsga yo`q hojat,
Bo`lmang hijolat.
Ikkingiz ham zo`r,
Sizda ko`p mehr. (Shukrona)
KIТOB
 “Kitob — bilim bulog`i”
Xalq ichida naql bor.
Kimki kitobga oshno
Unda cheksiz aql bor.
 Kitobga hamdam inson,
Hech yomonlik qilmaydi.
Har joyda bo`lib ustun,
Mag`lub nima bilmaydi. (Saidakbar)

  1. Boshlovchi: Kitoblardan ko’p narsalarni bilib olish mumkin. Yaqinda bir kitob qo’limga tushib qoldi.

  2. Boshlovchi: Qanday kitob ekan ayt qoling

  1. Boshlovchi: Ota-bobolarimizdan qolgan urf odatlarimiz ekan. Juda qiziq o’qigan saring o’qigin keladi. O’sha zamonda bo’lib qolib milliy o’yinlarni o’ynaging keladi.

  2. Boshlovchi: Sarvinoz o’sha o’yinlarimizni, urf-odatlarimizni, an’analarimizni o’quvchilarimiz kuylar ijrosida ko’rsatib bersalar nima deysiz.

  1. Boshlovchi: Nima ham derdim tamosha qilamiz. Sahnada 4-V sinf ijodkor yoshlari.

Musiqa sadosi ostida sahna ko’rinishlar ijro etiladdi (Kelin salom, qilpillama jonginam)



  1. Bohlovchi: Kitob o’qishga vaqt topa olmaganlar uchun navbat

maslahatlarga.

Yüklə 440,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə