|
Boshlovchi: So’zimiz boshi salom
|
səhifə | 1/3 | tarix | 17.12.2023 | ölçüsü | 440,31 Kb. | | #149649 |
| milliy ananalar kitoblar gavharida
Aim.Uz
Milliy an’analar – kitoblar gavharida
Boshlovchi:
So’zimiz boshi salom
Ish boshidur intizom
Mehmonlarga chin dildan
Deymiz salom, assalom
Boshlovchi:
Assalom maktabim muqaddas dargoh
Assalom ustozlar kasbkori saboq
Assalom do’stlarim menga qo’sh qanot
Sinfdosh hayotga ishonch bilan boq.
Boshlovchi:
Bugun bizning maktabda
Juda katta tantana
Bilimini namoyish
Qiladi har bir bola
Boshlovchi:
Ustozlarning o’gitin dilimizgaga joylaylik
Dilda hayajon bilan
Bayramimiz boshlaylik.
Boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz mehmonlar, ustozlar va albatta bilimga chanqoq o’quvchilar.
Boshlovchi:
Mana bugun biz “Milliy an’analar - kitob gavharida” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
O'zbek xalqi milliy an’analari, milliy o'yinlari o'zining uzoq o'tmishi, boy tarixiga ega, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o'tib kelayotgan.
Boshlovchi:
To’g’ri aytasiz, Bizning tariximiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz ajdodlardan avlodlarga kitoblar orqali yetib kelgan. Agar biz kitob o’qimasak, bilim olmasak qanday inson bo’lamiz.
Boshlovchi:
Hech qanday, keraksiz va loqayd insonga aylanamiz. Ming yil o’qisamu, mendan nimalarni bilding deb so’rasalar haddimni bildim deb javob bergan ekanlar bobomiz Abdulla Avloniy
Boshlovchi: Dovudxon “Kitob o’qigan va o’qiydigan insonlarni farishtasi bo’ladi” deyishadi. Keling navbatni bolajonlarimizga bersakda “Milliy an’analar - kitob gavharida” nomli tadbirimizga tayyorlab kelgan lavhalarini namoyish etishsa.
Keling birgalikda tomosha qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |
|
|