Boshlang’ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 227,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.06.2023
ölçüsü227,58 Kb.
#117567
  1   2
3485-Article Text-6868-1-10-20220527 (1)



Boshlang’ich sinflarda innovatsion pedagogik 
texnologiyalardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari 
 
Yulduzxon Ne’matovna Siddiqova 
Saboxon Alijonovna Mansurova 
Farg’ona viloyati, Bog’dod tumani, 38-maktab 
 
Annotatsiya:
Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
yo’llari, boshlang’ich sinflarda foydalanish 
mumkin bo’lgan innovatsion 
texnologiyalarning didaktik tamoyillari, dars jarayonida interfaol metodlardan 
foydalanish va boshlang’ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalardan 
foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumot berish. 
Kalit so’zlar:
intarfaol metodlar ,innovatsiya, pedagogik texnologiya, didaktik 
tamoyillar. 
Peculiarities of the use of innovative pedagogical technologies 
in primary school 
 
Yulduzkhon Nematovna Siddikova 
Sabokhon Alijonovna Mansurova 
Fergana region, Baghdad district, School №38 
 
Abstract:
To inform about the ways of using from innovative technologies, also 
didactic principles of innovative technologies which can be used in primary schools’ 
classes, the use of interactive methods in the classroom and the importance of using 
innovative pedagogical technologies in primary school. 
Keywords:
Interactive methods, innovation, pedagogical technology, didactic 
principles. 
 
Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda 
(innovatsion) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi 
mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
 
Iinnovatsiya- muayyan tizimning ichki tuzilishi. 
Ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar 
tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid 
sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim 
jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki 
ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari - ta’lim sohasi yoki 
o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
798


qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va 
texnologiyalar.Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. 
“Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan.
Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo’llari 
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv 
metodlarni qo’llashga qiziqish toboro keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo’llash 
ta’lim samaradorligi vata’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivlarini 
o’stiradi. Innovatsiya- yangilik kiritish,yaratishdir. Demak, an’anaviy ta’limdagi kabi 
bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining 
ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya demakdir. 
Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, 
o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish 
ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonini 
innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va 
loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o’qituvchi o’zining ish 
shakllari va o’quvchilarning ko’nikmalarini egallash jarayonidgi ishlari doirasini aniq 
belgilab olishi lozim. Shuningdek, u qanday o’qitish metodlaridan foydalanishi ham 
muim ahamiyatga ega. Metod tanlashda ko’proq interaktiv metodlarga e’tibor 
qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. (Interaktiv so’zi inglizcha-interaction,ya’ni 
inter-aro,o’zaro,asta harakat ma’nosini anglatadi.) Interaktiv usullar - bu o’zaro 
harakat,ya’ni hamkorlik asosida o’qitish demakdir.
Interaktiv usullarning asosiy turlari

Kognitiv usullar

O’yinlar, eksperimental faoliyat

Ishbilarmonlik o’yinlari,modellashtirish

Amaliyot orqali o’qitish,bevosita faoliyat
Boshlang’ich 
sinflarda 
foydalanish 
mumkin 
bo’lgan 
innovatsion 
texnologiyalarning didaktik tamoyillari 
Innovatsion texnologiyalarning didaktik tamoyillari: 
Ilmiylik tamoyili - har qanday o’quv predmeti o’quv materiali fanning 
zamonaviy yutuqlarga tayanish lozimligini ko’rstadi. Bu tamoyil o’quv dasturlari, 
o’quv qollanma, darsliklarini yaratishda amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga ko’ra 
har yili fanlarning ishchi o’quv rejalari va o’quv materiallarini takomillashtirish talab 
etiladi.
Loyihalash tamoyili - o’quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarni o’quv jarayoni 
grafigi, o’quv reja, fanning ishchi o’quv dasturi, fan bo’limlari o’quv maqsadlari 
toifalari, o’qitish jarayoni texnologiyasi egallangan bilim va malakalarni baholash 
mezonini yaratishni anglatadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
799


Tizimlilik tamoyili - o’quv jarayonining barcha elementlari, ularning o’zaro 
bog’liqlik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. 
Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili - har bir fanni o’qitish jarayoni ma’lum 
maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 
Boshqaruvchanlik tamoyili - o’quv jarayoni boshqariladigan taqdirda 
o’qitishning rejalashtirilgan natijasiga erishish mumkin. 
Qayta takrorlanish tamoyili - zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, zaruriy 
miqdordagi mahsulot tayyorlash, oldindan tayyorlangan hujjatlar asosida amalga 
oshitiladi. 
Samaradorlik tamoyili - innovatsion texnologiyalarni o’qitishning ko’zlangan 
natijalariga maqbul hujjatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishni 
ko’rsatadi. 
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili 
Ta’limning uzliksizligi tamoyili
Faoliyat yondoshuvi tamoyili - ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi 
murakkab yuqori texnologiyalarni qo’llash, ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish 
bilan xarakterlanadi.
Boshlang’ich sinflarda dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish 
Boshlang’ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va 
ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmunida o’ziga xos hamda 
o’quvchi shaxsida o’ziga mos kompetensiyani shakllantiradi. Ilg’or pedagogik 
texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamonaviy ruhda singdirish, pedagogik 
texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini 
sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish bugungi kunning dolzarb 
masalasidir.
Boshlang’ich ta’lim bosqichida kompetensiyadan foydalanish darslarning xilma-
xil shakllari o’qitishni takomillashuviga ta’sir ko’rsatadi. Darslarni “Bumerang” 
texnologiyasi, “Arra”, “O’z o’rningni top”, “FSMU”, “Nima uchun?”, “Ikki qismli 
kundalik” mеtodlari, , “Pinbord” usuli, “She’rni tikla” kabi mashqlaridan foydalanib 
o’tish dars samaradorligini yanada oshiradi. 
“O’z o’rningni top” mеtodi. Mavzu bo’yicha bahs-munozarali vaziyatlarda 
muammoning yеchimini topishga yo’naltirilgan. Bunda o’quv chilar o’z fikrini bayon 
qilishi, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuza tishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi va 
dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq 
amalga oshiriladi.
Maqsadi: o’quvchilarda o’z fikrini bayon qilish, erkin, mustaqil, mantiqiy 
fikrlashga o’rgatish. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
800


Vazifasi: o’quvchilarni muammoli vaziyatlar orqali mustaqil tarzda o’z fikrlarini 
isbotlashga o’rgatiladi. Masalan, Xans Kristyan Andersenning “Bolalar gurungi” 
ertagida (2-qism) qo’llanilgan. 
“Arra” metodi. 
Mazkur mеtodga ko’ra kichik guruh 4-5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha 
guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. 
Guruh ichida o’quvchilar rivoyat matnini qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir 
o’quvchi o’ziga tеgishli qismini puxta o’zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi. Ma’lum 
vaqtdan so’ng har bir kichik guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil 
etilgan guruhlarda o’tkaziladi. Shu tarzda rivoyat mazmunini barcha o’quvchilar 
o’zlashtirib oladilar. 
Maqsadi: o’quvchilarda muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga 
o’rgatish. 
Vazifasi: o’quvchilarni guruh bilan ishlash, guruh a’zolariga o’z fikrini 
tushuntirib, isbotlashga o’rgatish. Masalan, Xondamirning “Tanbeh” rivoyatida 
qo’llanilgan. 
Boshlang’ich 
sinflarda 
innovatsion 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanishning ahamiyati. 
Yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan, barkamol, sog’lom avlodni tarbiyalab, 
yoshlarga ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim 
berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor 
vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang’ich 
ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o’taydi. Darslar jarayonida bolani qalban 
yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar 
durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga 
o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda, o’quvchini o’qish, 
bilim olishga ishtiyoqini o’stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur. 
Shundagina ertangi kunning ishonchli egasi bo’lgan farzandlarni munosib 
tarbiyalagan bo’lamiz.

Yüklə 227,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə