Bosh bo‘laklar. 1-topshiriq. Ko‘makchilar mavzusi ustida ishlash



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#145295
  1   2   3
5-amaliy mashg\'ulot mavzusi


4-MAVZU: YORDAMCHI SO‘ZLAR, ULARNING TURLARI.
ALOHIDA GURUH SO‘ZLAR, ULARNING TURLARI.GAP BO‘LAKLARI. BOSH BO‘LAKLAR.


1-topshiriq. KO‘MAKCHILAR MAVZUSI USTIDA ISHLASH.
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so‘zlar ko‘makchi hisoblanadi. Ko‘makchilar ko‘pincha otlarni fe’lga bog‘lab keladi. Masalan: Shahar tomon ketdi. Daryo bo‘ylab yurdi kabi. Ba’zan otni ot, sifat va ravishlarga tobelashtirib bog‘laydi. Masalan: Ona kabi mehribon. Halimdan ko‘ra katta.
1-mashq. Berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlang.
1. Avval o‘yla, keyin so‘yla. 2. Bu kitob qo‘liga tushgandan keyin, bosh ko‘tarmay mutolaaga tushdi. 3. Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim. 4. Devor usti yomg‘irdan uviy boshladi. 5. Kitob ustida uzoq ishladi. 6. Onam stol ustini tartibga solar edi.
SOF (ASL) KO‘MAKCHILAR
Atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan ko‘makchilar sof ko‘makchilar sanaladi. Bilan, sari, sayin, uchun, kabi, qadar, singari, uzra, tufayli, haqida, birga, holda, doir, yanglig kabi ko‘makchilar sof ko‘makchilardir. Sof ko‘makchilar urg‘u olmaydi. Urg‘u ko‘makchi bilan birga kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Shuning uchun ko‘makchi ohang tomonidan o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko‘makchi doimo ajratib yoziladi. Ba’zan bilan, uchun ko‘makchilari badiiy uslubda -la, -chun shaklida q’ollanadi va chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
VAZIFADOSH KO‘MAKCHILAR
Sof ko‘makchilar bilan bir qatorda ayrim so‘zlar ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi va ular vazifadosh ko‘makchilar sanaladi. Vazifadosh ko‘makchilarga ost, yon, ust, old, orqa, ro‘para, oldin, avval, keyin, so‘ng, tomon, qosh, bo‘ylab, qarab, ko‘ra, deya, deb, atab singari so‘zlar kiradi. Bunday so‘zlar ko‘makchi vazifasida kelganda, atash ma’nosini yo‘qotadi, shuning uchun ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydi. O‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birgalikda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi.


2-mashq. Berilgan ko‘makchilarning sof yoki vazifadoshligini aniqlab, jadvalga joy lashtiring. Bilan, sari, kabi, tomon, uchun, ko‘ra, bo‘ylab, keyin, haqida, sababli, ichida, oldida, to‘g‘risida, qadar, qarab, tepada, qarshi, tufayli, sayin. KO‘MAKCHILARNING MA’NO TURLARI
Ko‘makchilar yetakchi so‘zga bog‘lanib, unga turli qo‘shimcha ma’nolar yuklaydi. sababli, tufayli, uchun maqsad ma’nosini; tomon, qarab, sari, bo‘ylab yo‘nalish ma’nosini; haqida, to‘g‘risida ko‘makchilari flkr mavzusi ma’nosini; kabi, singari ko‘makchilari o‘xshatish, qiyoslash ma’nosini; qadar ko‘makchisi chegara ma’nosini ifodalaydi.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə