Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/5
tarix07.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#115925
1   2   3   4   5
Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari

Suyaklar ikki qavat bo‘lib, ustki qavati qattiq, zich plastin- kasimon, ichki qavati g‘ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko‘plab ingichka kanalchalar bo‘lib, ularda qon tomirlari va nerv tolalari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (periost) — suyakusti pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, unda juda ko‘p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari bo‘ladi. Suyakusti pardasi suyakni oziq moddalar bilan ta’- minlashda, uning o‘sishida, singanda, yorilganda, jarohatning bitishida katta ahamiyatga ega.

Suyakning tuzilishi:

  • 1suyakusti pardasi; 2 — ust- ki qattiq plastinkasimon qavat; 3 — ichki g‘ovak qavat; 4 — ilik bo‘shlig‘i.

Suyaklar kimyoviy tarkibining 1/3 qismini organik moddalar osseinlar (kollagen tolalar) va 2/3 qis- mini anorganik moddalar tashkil etadi. Suyaklarning anorganik mod- dalari tarkibida D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistema- sidagi elementlarning ko‘pchiligi uchraydi. Shulardan eng ko‘pi fosfat tuzlari 60 % ni, kalsiy karbonat tuzi 5,9 % ni tashkil etadi. Suyaklarning o‘sishi. Yangi tu- g‘ilgan chaqaloqning bo‘yi o‘rtacha 50 sm bo‘ladi. Bir yoshgacha u har oyda 2 sm dan o‘sib boradi. Birinchi yoshi oxirida bo‘yi 74—75 sm ga yetadi. Un- dan keyin har yili uning o‘sishi 5—7 sm ni tashkil etadi. Bolalikning ayrim davrlarida bo‘yga o‘sish tezlashadi. Masalan, 3 yoshgacha, 5—7 yoshgacha va 12—16 yoshgacha. O‘sish 20—25 yoshgacha davom etadi. Odam bo‘yining uzunligi, asosan, uzun naysimon va umurtqa pog‘onasi suyaklarining o‘sishiga bog‘liq. Suyaklarning o‘sishida suyak moddalarini sintezlovchi ustki hujayralar (osteoblastlar) va yemiruvchi (osteoklastlar) hujayralar ishtirok etadi. Suyaklarning ustki tog‘ay qismida mineral tuzlar to‘planishidan suyak qattiqlashib, suyakka aylanib, ichki tomonidan yemirilib boradi. Shuningdek, suyaklarning o‘sishiga gipofiz bezidan ajralgan gormonlar ham ta’sir ko‘rsatadi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə