Bob. Gerodot ma'lumotlarida berilgan "Baqtriya xalqi" tushunchasi…


BOB.Baqtriyaning juda ko'p istehkomlari va qal'alari to'g'risida



Yüklə 107,95 Kb.
səhifə2/4
tarix27.04.2023
ölçüsü107,95 Kb.
#107220
1   2   3   4
O\'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari

2.BOB.Baqtriyaning juda ko'p istehkomlari va qal'alari to'g'risida
2.1.Kir II ning baqtriyaliklar bilan to'qnashuvi to'g'risida
Agar sen shunday qilmasang, massagetlar ilohi - Quyosh xudosi oldida qasamyod qilamanki, men seni-qonxo'r jallodni, qoningga to'ydiraman”. Ammo, Kir elchi so'zlariga ehtibor bermadi, janga otlandi. Malika To'maris o'g'li Spargapis esa mastlikdan xushiga kelgach, yomon ahvolga tushib qolganini tushunadi, zanjirbandlikdan ozod qilishlikni Kirdan iltimos qiladi. Valiaxd qo'llari qishandan ozod etilgach, nodonlik qilib qo'yganligidan oriyat qilib, o'zini-o'zi o'ldiradi6
«Kir To'maris taklifini etiborga olmagach, malika bor kuchi bilan forslar ustiga tashlandi. Bu jang, mening nazarimda varvarlar bilan bo'lgan to'qnashuvlarning eng dahshatlisi edi. Jangni borishi bilishimcha bunday bo'lgan. Avvalo, har ikki tomon bir-birlariga qarama-qarshi turib olib, uzoqdan kamondan o'q otishgan. O'qdonlar bo'shagach, nayza va xanjarlar yordamida olishuv boshlangan. Tomonlar uzoq olishadilar, hech kim chekinishni istamaydi. Nihoyat massagetlarning qo'li baland keladi. Deyarli fors qo'shinlari va Kir ham jangda haloq bo'ladi. U 29 yil podsholik qilgan edi. To'maris Kir tanasini o'liklar ichidan topdirib, uning kallasini odam qoniga to'ldirilgan charm meshga solishni buyuradi. So'ng mag'rur ona maqomida o'z qo'shini va asirlar oldida nutq so'zlaydi: «Sen o'g'limni hiylayu-nayrang ishlatib qo'lga tushirding va nobud qilding. Men esa hayotman va seni jangda yengdim. Shuning uchun senga men aytgan edim, qoningga to'ydiraman”. Bu habarlarning oxirida Gerodot bunday xulosaga keladi: “ Kirning o'limi haqidagi ko'pdan-ko'p hikoyalar orasida menimcha, bu hikoya eng ishonchlidir”. Gerodotdan avval ajdodlarimiz haqida ilk xabarlar keltirgan boshqa bir yunon tarixchisi miletlik Gekatey bo'lib, u miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashab, yurtimiz qadimgi xalqlari va ahamoniy imperiyasi o'lkalari ro'yxati haqida xabar bergan. Uning ma'lumotlaridan Gerodot va Ktesiylar o'z asarlarida foydalanganlar. Xorasmiyalar va ularning Amudaryo kuyi havzalariga ko'chishi haqidagi ma'lumotlarni esa u Skilakning “Sayoxatno-noma”sidan olib, o'zining “Yer qurrasining tasviri” asarida bayon etgan. Ktesiy. Gerodotning tarixiy an'analarini davom ettirgan boshqa bir yunon tarixchisi Kichik Osiyodagi Knid shahridan chiqqan Ktesiydir. U miloddan avvalgi V asr oxiri va IV asrning birinchi yarmida ahamoniylar saroyida shoh Artakserksning shaxsiy tabibi sifatida 17 yil xizmat qilgan. Qadimgi yunon afsonalari ta'sirida tarbiyalangan Ktesiy podsho saroyida Sharq xalqlari dostonlari va tarixi bilan juda qiziqqan. Shuning uchun u qadimgi Sharq davlatlari, shaharlari va xalqlari haqida talay ma'lumotlar to'plab, “Hindiston tasviri”, “Persika”, “Osiyo solig'i haqida”, “Yer tasviri”, “Tog' haqida”, “Daryolar haqida” asarlar yozgan. Ammo, ularning birontasi ham bizgacha to'liq saqlanib qolmagan, keyingi davr muarrixlari bayonida, ayniqsa Diodorda keltirilgan parchalarda saqlangan. Ktesiy ayniqsa Hindiston va Baqtriya tarixiga tegishli ma'lumotlarga katta etibor beradi. Chunki Hindiston va unga chegaradosh Qadimgi Baqtriya podsholigi yunon tarixchilarining fikriga ko'ra, dunyoning sharqiy chegaralaridagi oxirgi davlat bo'lgan. Unga chegaradosh qadimgi Baktriya esa oltin va lali lojuvard tosh konlariga boy o'lka bo'lib, uning nayzaboz va kamonchi chavandozlari Eronda mashxur edi. Ktesiy asarida tarixiy vokealar rivoyatlar dengizida omuxtalashgan bo'lsada, ayniqsa Baqtriya, baqtriya xalqi, uning tarixiga qiziquvchilar ko'lamining kengligi bilan qimmatlidir. Ktesiy Ossuriya podshosi Nin va Baqtriya podshosi Oksiard (boshqa manbaalarda Zaratushra) urushlari haqida, Kir II ning baqtriyaliklar bilan to'qnashuvi to'g'risida hiqoya qiladi; Baqtriyaning juda ko'p istehkomlari va qal'alari to'g'risida, uning baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o'rab olingan poytaxti Baqtra nomli shahar bo'lgani, unda podsho qasri joylashgani to'g'risida ma'lumotlar keltiradi hamda shu shaharni qamal qilgan Ossuriya podshosi Nin to'g'risida kuyidagilarni yozadi: “Nin baqrtiyaliklarga qarshi yurishni boshlagan. U Baqtriyaning qal'alari, axolisining ko'pligi va jasurligi haqida xabardor bo'lib, o'ziga bo'ysundirgan xalqlardan ko'p sonli qo'shinlarni yig'ib olgan. Shu qo'shinlarga sardor bo'lib, Nin Baqtriya yurtiga bostirib kirgan, ammo viloyatdagi xilma-xil tog' daralari va yo'llar uni qo'shinlarni bir necha qismlarga bo'lishga majbur qilgan”. Matn mazmunidan ma'lumki, Nin qo'shinlari Baqtra shahri devorlarini buzib, qal'a ichiga kira olmagan. Ko'p tadqiqotchilar tomonidan shubha ostiga olingan Ktesiy ma'lumotlari arxeologiya tadqiqotlarida o'z tasdig'ini topmoqda. Hozirgi kunda Baqtriya tuprog'ida miloddan avvalgi I-ming yillikning birinchi yarmiga oid 240 dan ortiq qishloq-qo'rg'onlar, qal'alar va shahar qoldiqlari topib o'rganilgan. Birgina Surxon vohasida joylashgan Kuchuktepa, Pshaktepa, Beshqo'ton, Talashkan, Jondavlat, Bandixon, Bo'yrachi, Qizilcha, Obishir, Sho'rtepa kabi yodgorliklarni eslash kifoya. Ular mudofaa devorlari, mudofaa burjlari bilan mustaxkamlangan qal'alar va qo'rg'onlardir. Qadimgi aholi u davrlarda sug'orma dehqonchilik bilan shug'ullangan. Uy-qurilishi, diniy va dunyoviy monumental binolar qurilishi, ko'p tarmoqli xunarmandchilik va savdo-sotiq, ayniqsa uning kulolchilik, metallurgiya, zargarlik, to'qimachilik va ko'nchilik sohalari Baqtriyada yuksak darajada rivojlanganligidan guvohlik beradi7.
Agar Avestoda Baqtriyani “eng yaxshi mamlakatlar va o'lkalardan biri bo'lgan, baland bayroqli, go'zal o'lka” deb tariflansa, yunon mualliflari “ming shaharli davlat” deb ataydilar. Gerordotdan oldin “baqtriya xalqi” tushunchasini buyuk Esxil “Forslar” tragediyasida ishlatadi va forslarda yosh baqtriyalik jangchilardan Tenagan va Aritom ismlarini tilga olib, ularni Salamin jangida (miloddan avvalgi 480 yilda) qahramonlarcha kurashib xaloq bo'lganini eslaydi.
O'rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida aniq va ishonarli ma'lumotlar Iskandar tarixchilari va ulardan keyin o'tgan yunon muarrixlari qalamiga mansubdir. Miloddan avvalgi 329 yilda Makedoniyalik Iskandarning Baqtriya va Sug'diyona yerlariga harbiy yurishlarida, uning qo'shini bilan birga bo'lajak tarixchilar-Ptolemey, Aristovul, Onesikrit, Kallisfen va Xaresslar xizmat qilib, turli xil siyosiy va madaniy vokeyliklarni yozib borganlar. Ammo, bu ma'lumotlar ularning o'zlari tomonidan yozilgan maxsus asar sifatida bizgacha yetib kelmagan bo'lsada, u ma'lumotlardan so'nggi davr yunon tarixchilari va geograflari keng foydalanganlar. Masalan, Diodor (mil. avv. 90-21 yillar) «Tarixiy kutubxona», Strabon (mil. avv. 64-24 yillar) «Geografiya» , Pompey Trog (mil. avv. 1-milodiy 1 asr) “Filipp tarixi” asarlarini, Plutarx (milodiy 46-127 yillar), Klavdiy Ptolemeylar (milodiy II asr) o'z hikoyalarini, Pliniy (milodiy I asr) “Tabiiy tarix” nomli kitobini yaratdilar. Ammo, Iskandar harbiy yurishlari haqida keng va to'liq ma'lumotlar rimlik Kvint Kurtsiy Ruf (miloddan avvalgi I asrning oxiri – milodiy 1 asr o'rtalari) va yunon Arrian (milodiy 90/95-175 yillar) asarlarida bizgacha yetib kelgan. Arrian “Iskandar yurishlari”, Kvint Kurtsiy Ruf esa “Makedoniyali Iskandar tarixi” asarlarini yaratgan. Kuyida ularning asarlaridan M.E Sergeyenko va V.S.Sokolovlar tomonidan rus tiliga ag'darilgan variantidan parchalar keltiramiz.
Arrian. Makedoniyalik Iskandarning O'rta Sharq va O'rta Osiyo hududlariga harbiy yurishlari haqida yozgan antik dunyo tarixchilaridan bo'lib, yurtimiz qadimgi xalqlari, ularning urf-odatlari, jangavor mard o'g'lonlar ekanligi hamda yengilmas Iskandar qo'shiniga kutilmaganda paydo bo'lib, ilk bor zarba bergan jasur xalqlar ekanligi haqida noyob ma'lumotlar beradi. Arrian hikoya qiladi: “Iskandar yaqinlashib kelishi haqida eshitib, Bess Oks daryosidan kechib o'tadi va kemalarini yondirib, Nautaka-sug'diylar yeriga yo'l oladi» Spitamen va Oksiard bilan birga sug'd chavandozlari hamda Tanais daylari unga ergashadilar. Baqtriya chavandozlari Besning qochishidan xabar topib, har tomonlarga qarab o'z uylariga yo'l oladilar. Iskandar Drapsakka yetib keladi, qo'shinlarga dam berib, ularni Baqtriyadagi eng yirik shaharlar-Aorn va Baqtra tomonga yurgizadi. Bu shaharlarni xujum qilib zabt etadi. Himoyasiz taslim bo'lgan baqtriylarga hokim qilib fors Artaboz tayinlanadi”. “Iskandar chavandoz qo'shinlarini mahalliy otlar bilan taminlab Sug'diyona poytaxti Marokandaga yo'l oladi”. “Shu joydan Tanais daryosiga qarab yuradi. Tanais ham Kavkaz tog'laridan boshlanadi, Aristovul so'zlariga ko'ra, varvarlar (yunonlar o'zga xalqlarga nisbatan odatda “varvar” iborasini ishlatishga odatlanganlar-A.A.) uni Orksant daryosi deydilar; “Shu yerda oziq- ovqatlar g'amlashga chiqqan makedonlar mahalliy aholi tomonidan qirib tashlanadi, keyin ularning o'zlar tik va chiqib bo'lmaydigan qoyaga qochib bekinadilar. Ular 30 mingga yaqin bo'lgan”. “Makedonlar qoyaga chiqish uchun bir necha marta harakat qiladilar; dastlab ular varvarlar o'qlari ostida ortga chekinadilar; ko'p askarlar yarador bo'ladi; Iskandarning soniga o'q tegib, suyagini bir qismini uchirib ketadi8.

Yüklə 107,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə