Ma’lumki, inson faoliyati natijasida atmosferada “parnik”
gazlarini oshib
borishi iqlimni isib ketishiga olib keladi va hozirgi kunda dunyo jamiyati
muhokama qilayotgan bosh muammolardan biri hisoblanadi.
Neftgaz sanoatini atrof-muhitni ifloslanishida katta ulushi bor.
AQSH Milliy
okeanik va atmosfera ma’muriyatining ma’lumotlariga ko’ra 2006 yili yer
yuzasida 168 mlrd.m
3
yo’ldosh neft gazi mashalarida yoqib yuborilgan. Bu
ko’rsatkichga eng katta salbiy ulush qo’shgan davlatlar qatoriga Rossiya (50,7
mlrd
3
), Nigeriya (23 mlrd
3
), Eron (11 mlrd
3
), iroq (8 mlrd.m
3
) va Qozoqiston (5,8
mlrd.m
3
) kiradi.
O’zbekiston gidrometrologiya xizmati axborotiga ko’ra
Respublikamizda
yiliga CO
2
ekvivalentida 163 ming tonna “parnik” gazlari atmosferaga chiqarib
yuborilmoqda. Bunda uglerod ikki oksidi chiqindilarining 98%
qazib olinayotgan
yoqilg’ilarni yoqish natijasida hosil bo’lmoqda. Shu sababli,
bu muammoga
Respublikamizda katta ahamiyat berilmoqda.
Dostları ilə paylaş: