Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar 1-Kazus


Oilaviy korxonaning mol-mulki deganda nima tushuniladi?



Yüklə 26,86 Kb.
səhifə4/5
tarix23.06.2023
ölçüsü26,86 Kb.
#118659
1   2   3   4   5
biznes huquqi — копия

5.Oilaviy korxonaning mol-mulki deganda nima tushuniladi?
Yuqoridagi kazusdan kelib chiqib shuni bilishimiz mumkinki, ushbu vaziyatda oilaviy korxona tashkil etilgan.Albatta har bitta korxonaning o‘z mol-mulki mavjud bo‘ladi.Oilaviy korxonaning mol-mulki deganda oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan korxona fondiga kiritgan mol-mulklari, shuningdek kreditlari va qarz mablag’lari hisobiga olingan mol-mulklari, qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa mol-mulklar tushuniladi.Har bir oilaviy korxona qonunga muvofiq o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradi.
6.Quyi instansiya sudining qarori qonunga muvofiqmi?
Vaziyatni huquqiy jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, shartnomada ko‘rsatilgan shartlar buzilganligini ko‘ramiz.Bu yerda M.Boltayev shartnoma
shartlarida ko‘rsatilgan vaqtda mahsulotni yetkazib bermadi.Natijada “Chicken star” MChJ ma’lum miqdordagi zarar ko‘rdi.Zarar deganda shaxs mol-mulkining yo‘qolishi yoki shikastlanishi, buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan olib borgan xarajatlari, shaxsning olishi lozim bo‘lgan , ammo ololmay qolgan daromadlari tushuniladi.Bu Fuqarolik kodeksining 14-moddasida ham belgilab qo‘yilgan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan: “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”.4 Bundan ko‘rinib turadiki, har bir shaxs buzilgan huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qila oladi.Hozirgi vaziyatda “Chicken star” MChJ sudga murojaat qilishga haqlidir.Chunki unga nisbatan zarar yetkazilgan. Quyi instansiya sudi yetkazilgan zarar M.Boltayevning oilaviy korxonasining mulkidan undirish, bu mulk yetmagan summa esa oilaviy korxona ishtirokchilari va unda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning mulkidan subsidiar tarzda undirish haqida qaror chiqardi.”Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga shunday normalar belgilangan: “Oilaviy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki yetarli bo‘lmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi”.5 Bundan ko‘rinib turibdiki, quyi instansiya sudining qarori qonunga muvofiq emas.Qonunchilikka asosan M.Boltayev oilaviy korxonasi tomonidan yetkazilgan zarar korxona mulkidan undirilishi kerak.Agar M.Boltayev oilaviy korxonasining mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda esa oilaviy korxona ishtirokchilari o‘ziga tegishli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
Conclusion-Xulosa. Yuqorida keltirilgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida shuni xulosa qilishimiz mumkinki, kazusda keltirilgan M.Boltayevning quyi instansiya sudining “oilaviy korxonaning mulkidan undirish, bu mulk yetmagan summa esa oilaviy korxona ishtirokchilari va unda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning mulkidan subsidiar tarzda undirish haqida qarori” dan norozi bo‘lib yuqori instansiya sudiga murojaat qilishi huquqiy asosga egadir.Chunki yuqorida keltirilgan ”Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga binoan mulk yetmagan taqdirda oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan undirilishi aytilganligiga qaramasdan quyi instansiya sudi unda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning mulkidan undirilishi haqida qaror chiqargan.Bundan ko‘rish mumkinki, quyi instansiya sudi qonunga muvofiq ish ko‘rmagan. Yuqori instansiya sudi esa quyi instansiya sudining qarorini qisman oʻzgartirib, faqat oilaviy korxonada mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarni mulkidan undirilsin degan qismini bekor qildi. Qolgan qismini esa oʻzgarishsiz qoldirdi.Yuqori instansiyaning qarori huquqiy asosga ega deb hisoblayman.Aytib o‘tganimizdek korxonada mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning mulkidan undirilishi qonunchilikka muvofiq emas.Agarda quyi instansiya qonunga muvofiq holda yetkazilgan zarar korxona mulkidan olinishi, agar korxona mulki yetmagan taqdirda oilaviy korxona ishtirokchilaridan subsidiar tarzda undirish to‘g‘risida qaror chiqarganda, M.Boltayev quyi instansiya sudining qaroridan norozi bo‘lib yuqori instansiyaga murojaat qilmasdi.

Yüklə 26,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə