Bitiruv malakaviy ishi


jarayonida xotiraning ahamiyati



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə7/30
tarix21.12.2022
ölçüsü308,24 Kb.
#97521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
boshlangich sinf oquvchilarni bayon

jarayonida xotiraning ahamiyati.


O’tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma`lum kontseptsiya asosida o’rganmagan bo’lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarnnng aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to’rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri — xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar,
matallar va masallar; ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar (hatto, hukmdorlar) muayyan shaxsga bag’ishlab yozgan o’g’it-nasihat va hikoyalar; uchinchisi — qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to’rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya`ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy mushohadalari «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Sharxlardan», «hikmat ma`nolari», «Aql ma`nolari to’g’risida» kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o’zining
«O’tmish yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma`lumotlarni keltiradi. Shu jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun- qisqaligi to’g’risida bildirgan muloxazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog’laydi. Bu jihatdan uning «Hindiston», «Mineralogiya» asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan borliq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma`lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to’g’risidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talabalariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda o’z printsiplarini bayon etadi. A. Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuhfatul ahror», «Silsilatuz zahob» va boshqa asarlarida ilm-ma`rifat, ta`lim-tarbiya, kasb-hunar, o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Davoniy o’zining «Ahloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlari to’rtta bo’ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Shoir, ayniqsa donolik fazilatini chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o’zining aqliy qobiliyati va aqliy iste`dodini
tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo’lishi va bilimlarni tez egallashi lozim.

      1. Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning ahloqi, ma`naviyati, odamlarga munosabati, iste`dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta`kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o’rin egallaydi. Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, irodaviy sifatlar, qat`iyalilik, shijoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.

Yuqoridagilardan tashqari, Muhammad Bobur, Farog’iy, Majlisiy, Boborahim Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy Abdulla Avloniy va boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe`l-atvor, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan.
XVII asrdan boshlab to bizning zamonamizgacha ikki lager - falsafa va psixologiya lageri o’rtasida taraqqiyot nazariyasi yuzasidan qattiq kurash boradi:

Yüklə 308,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə