Birinchi sinfda musiqa o'qitiwdin’ mazmuni ha’m metodikasi



Yüklə 334,18 Kb.
səhifə4/8
tarix07.08.2023
ölçüsü334,18 Kb.
#120413
1   2   3   4   5   6   7   8
BIRINCHI SINFDA MUSIQA O\'QITIWDIN’

Boshlang‘ich sinflarda qo‘shiq o‘rgatish uchun awai shu qo‘shiq tinglanadi so‘ng qo‘shiq crrgatish metodi asosida o‘rgatiladi: 1. Qo‘shiq haqida o‘qituvchining qisqacha kirish so‘zi (qo‘shiq muallifiari haqida, asaming tarixiy yoki tarbiyaviy ahamiyati haqida, qisqa hikoya qilish, shu asarga doir qiziqarli hayotiy suxbat o'tkazish va rasmlar ko‘rsatish). 2. Qo‘shiqni o‘qituvchi tomonidan toMiq ijro etib berilishi. 3. Qo‘shiqni musiqiy harakteri, uning ifoda vositalari, shakli, janrini o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash. 4. Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish. 5. Qo'shiqni ijro sifatlari ustida ishlash (nafas, sof intonatsiya, talaffuz, dinamik belgilar asosida ifodali kuylash). 6. Taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o‘tkazish (savol-javob) ko‘rgazmali materiallar asosida. Bunga misol qilib, darslikdagi quyidagi asarlarni aytishimiz mumkin: «Buvijonim» D.Omonullaeva musiqasi, N.Ruzimuhammedov she’ri, «Baxtiy erkatoy» T.Toshmatov musiqasi, T.Ilxomov she’ri, «Diloromning qo‘shig‘i» D.Omonullaeva musiqasi, H.Muhammad she’ri «Nisholda», R.Tolipov she’ri D.Omonullayeva musiqasi. Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni ovoz diapazonini aniqlash va kengaytirigaga aloqida e’tibor berish lozim. Birinchi sinfda o‘quvchilami ovoz diapazoni (DO, - LYa,), keyinchalik esa, ulami ovoz diapazoni kegayib o‘quv yili oxirlarila (DO, - D 0 2)gacha ham boiishi mumkin. Qo‘shiqlarni o‘quvchilarga musiqiy qobiliyatlari, musiqiy o‘quvi, xotirasiga, talaffuziga ahamiyat beriladi. Qo‘shiqlaming differtsioial guruhlarga bo‘lib o‘rgatish dars samaradorligini oshiradi. Musiqiy o‘quv bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilami qiziqish va musiqiy qobiliyatini yanada ustirish uchun o‘qituvchilami uch guruhga boiib o‘tkazish lozim.

Musiqiy o‘quv bo‘sh bo‘lgan bolalar har tomonidan jarangdor ovozlarini eshitib, ularga taqlid qilib chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qiladilar. Bu yoshdagi o‘quvchilami ovozi o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli tembga ega bo‘ladi. 0 ‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutish, nafasini so‘z o‘rtasida olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, sof intonatsiya ustida muntazam ish olib borish lozim. Bolalar ovozini parvarish qilish tavsiya etiladi. Ovoz sozlashni primar tovushlardan (mi,, fa,,solb,) boshlab, yelkani ko‘tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish, qo‘shiq kuylash samaradorligini oshiradi. Musiqa tinglash - darsning boshidan oxirgacha amalga oshiriladigan faoliyat turidir. Agar bolalar sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak ular musiqani idrok etib kiradilar. 29 www.ziyouz.com kutubxonasi Qo;shiq aytsalar, uni avval eshitib idrok etib, so‘ng o‘rganib kuylaydilar. Raqsga tushganda ham musiqani tinglab uning badiiy ifodasini raqs harakatlari bilan tasvirlaydilar. Musiqa tinglashga doir asarlar shakl va janr jihatidan xilma - xil boim og‘i lozim. Aynan musiqa tinglash vositasida boialar turli o‘zbek xalq cholg‘u sozlari, o‘zbek xalq musiqasidan namunalar («Chertmak», «Dutor bayoti», «Alla», «Dilxiroj») kabi asarlar bilan boialar kompozitorlari va bastakorlar hayoti va ijodi, milliy musihamiz an’analari kuy va qo‘shiqlar bilan tanishadilar. Musiqiy o‘quv bo'sh boigan boialar har tomondan jarangdor ovozlami eshitib ularga taqlid qilib, chiroyli, sof intonatsiy ada kuylashga harakat qiladilar. Boshlangich sinf o‘quvchilari o‘z diqqat - e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga qaratib turolmaydilar, juda tez charchab qoladilar. Shuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida musiqiy ijroga ahamiyat berib borish, chapak chalish, qadam tashlash kabi hilma - hil harakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa boialar musiqiy cholg‘u asboblari (doiracha, bubencha, shiqildoq, marakassa, uch burchak, rumba, barabancha)da jo‘r boiish va ritmik raqs harakatlarini bajarish, bolalami faollashtiradi va dars qiziqarli, mazmunli o‘tadi. Kuylar ohangini o‘quvchilarning xotirasida chuqur o‘mashib qolishi uchun, ular bilan birga kuylash tavsiya etiladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerak, musiqani asariami yaxshi esda saqlab qolish uchun kamida 2 - 3 marta eshittirish har gal kuyning yangi qirralari bilan tanishtirib boriladi, musiqa tinglashni esa sodda so‘zli asarlardan boshlab asta -sekin murakkablashtirib borish lozim. Darsning har beshta faoliyati bir -biri bilan uzviy bogiik holda darsning mazmunini bir - butun boiishini ta’minlash lozim. Darsning chorak yil mavzulari bir - biri bilan izchil bogianib bir - birini toidirish kerak.


Yüklə 334,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə