Bio va yun sphaira-shar Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq


-ilova Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin



Yüklə 44,81 Kb.
səhifə4/6
tarix23.09.2023
ölçüsü44,81 Kb.
#123468
1   2   3   4   5   6
Axborot nima

2-ilova
Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi bo’lib, jahon xalqlarining 30 foizidan ziyodi shu yozuvni qo’llaydilar. 1993 yil 2-3 sentyabrda bo’lib o’tgan Oliy Kengash yig’ilishida o’zbek yozuvini lotin alifbosiga o’tkazish to’g’risida qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-maydagi Oliy Majlis sessiyasida bu alifboga ayrim o’zgarishlar kiritildi va bu yozuvga to’liq o’tish muddati 2005-yil sentabr oyi deb belgilandi. 2004-yilda chiqarilgan qonunga ko’ra esa lotin yozuviga to’liq o’tish muddati 2010-yil sentabriga qadar cho’zildi6. Isloh qilingan yangi o’zbek alifbosida 29 ta harf bor. Shulardan 3 tasi harfiy birikma: sh, ch, ng:


Aa(1) Bb(2) Dd(3) Ee(4) Ff(5) Gg(6) Hh(7) Ii(8) Jj(9) Kk(10) Ll(11) Mm(12) Nn(13) Oo(14) Pp(15) Qq(16) Rr(17) Ss(18) Tt(19) Uu(20) Vv(21) Xx(22) Yy(23) Zz(24) O’o’ (25) G’g’ (26) Sh sh(27) Ch ch(28) Ng ng(29).
Muayyan tartibda joylashtirilgan shakllar yig‘indisi alfavit deyiladi.

Kirill grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi
Kirill yozuviga asoslangan alfavitda 35 ta shakl bo‘lib, bu shakllardan 33 tasi harf, 2 tasi belgidir. Har bir harfning bosh va kichik shakli (Aa), bosma va yozma shakllari bor. Har bir harf o‘z nomiga ega. Harf nomini bilish va uni to‘g‘ ri talaffuz qilish muhim amaliy orfoepik ahamiyat kasb etadi, chunki tildagi qisqartma so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish uchun harf nomlarini bilish zarur. Masalan: BMT – be – em – te.
Kirill grafikasi asosidagi alifbo quyidagicha tartiblashtirilgan:


Aa,Bb,Vv,Gg,Dd, Yee,Yoyo,Jj,Zz,Ii,Yy,Kk,Ll,Mm,Nn,Oo,Pp, Rr,Ss,Tt,Uu,Ff,Xx,TSts,CHch,SHsh, ‘‘,G’g’,Ee,Yuyu,Yaya,O’o’,Qq,G’g’,Hh.
Bu alifboda 10 ta unli harf (a, o, i, u, o’, e, e, yo, yu, ya) bo‘lib, ular 6 ta unli tovushni ifodalaydi. Bulardan to‘rttasi (e, yo, yu, ya) yolashgan (grafema) tovushlar bo‘lib, ularning 2 holati farqlanadi:
1.Ba’zi so‘zlarda undoshdan keyin kelib, u bilan birga bitta bo‘g‘inni hosil qiladigan va bir tovushni (a, u, e, o) ifoda etadigan holati: ter-ter, syujet-sujet, sentyabr-sentabr, rejissyor-rejissor kabi.
2.So‘z boshida va bo‘g‘in boshida kelib, ikki tovushni (ye, yu, ya, yo) ifoda etadigan holati: yostiq - yostiq, yurak - yurak, quyosh - quyosh, yanvar - yanvar va hokazo.
Yuqoridagi alfavitga o‘zbek tilining tovushlari tabiatidan kelib chiqib, 4 ta harf ( o’,q,g’,h.) qo‘shilgan. Kirill yozuvida 2 ta belgi (‘, g’) bo‘lib, ular tovush bildirmaydi. Ayirish belgisi (‘) unlidan keyin kelganda o‘sha unlining cho‘ziq aytilishi (ma’no, e’lon kabi), undoshdan keyin kelganda bo‘g‘inlarni ajratib aytilishini (sur’at, jur’at kabi); yumshatish (g’) belgisi esa ruscha-internatsional so‘zlarda o‘zidan oldingi undoshning yumshoq aytilishi uchun (alg’bom, tsirkulg’) xizmat qiladi.
Alfavitdagi j harfi 2 tovushni, portlovchi (jayron) va sirg‘aluvchi j (jurnal) tovushini ifodalaydi. Alfavitdagi n va g harflari alohida n va g tovushlarini yozuvda ifodalash bilan birga, birikma shaklida sayoz til orqa burun tovushini (ng) ifodalash uchun ham xizmat qiladi (tong, bodring kabi).
3-ilova
Kishilik tarixida qanday yozuvlar qo‘llanilgan?

3. O‘zbek xalqi ajdodlari qaysi yozuvlardan foydalangan?


4. Harf va belgining farqini ayting. O‘zbek alifbosida nechta harf va nechta belgi bor?
5. Alfavit nima? Uning ahamiyatini ayting. O‘zbek yozuvining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
4-ilova
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.
4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti
6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil




Yüklə 44,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə