Bayroq-tashkilot, millat va yoki muayyan bir davlatning belgisidir


-modda. Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. 13-modda



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə3/3
tarix24.05.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#112490
1   2   3
Davlat bayrog\'i material (2)

11-modda.
Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
13-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 18-noyabr,
407-XII-son
2031-modda. Davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Davlat bayrog’i muqaddas hisoblanadi va uni e’zozlab asraladi. Uni behurmat qilishga yo’l qo’yilmaydi, chunki davlat bayrog’ini behurmat qilish, shu davlatning hamma aholisining behurmat qilish bilan barobardir.


Amir Temur davrida ham davlat bayrog’i katta ijtimoiy –siyosiy, ma’naviy – ma’rifiy ahamiyat kasb etgan. Shu sababli jangu jadallarda Davlat bayrog’ini Amir Temurning eng ishongan sipohiylari qo’riqlagan. “Temur tuzuklari”da ta’kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko’rsatib, g’alaba qozongan amirlar va sipohiylar davlat timsollari – bayroq va nog’ora bilan mukofotlangan.
Bu Sohibqiron saltanatida davlat ramzlari nechog’li baland turganligidan dalolat beradi.
Bayroqdor bo’lish askar uchun yuksak sharaf hisoblangan. Davlat timsollarini asrash uchun ajdodlarimiz o’z jonlarini ham fido etganlar. Ulug’ alloma shayx Najmiddin Kubro 75 yoshga kirgan bo’lishiga qaramasdan ”Yo Vatan, yo sharafli o’lim”, deya bir qo’lida bayroq, bir qo’lida shamshir ko’tarib mo’g’ul istilochilariga qarshi mardonavor jangga kiradi. Mo’g’ul askari uning qo’lidagi bayroqqa chang soladi. Buyuk bobomiz Vatan himoyasi yo’lida halok bo’ladi. Ammo vafot etgach ham, qo’lidagi tug’ dastasini qo’yib yubormaydi. Bosqinchilar uning panjalarini kesib,yalovni olishgan ekan.
Balki bu bir rivoyatdir. Lekin uning zamirida bayroqning ulug’ligini tasdiqlovchi qanchalik katta ma’no va mazmun yashirin.
Shu boisdan ham davlat bayrog’ini muqaddas bilib ko’zga surtadilar. Uning qarshisida tiz cho’kadilar.
/Shtandart/
BMT
Bayrog’imiz o’rni doim yuksaklarda bo’lsin. Tinch osmon ostida hilpirab turaversin.
Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə