Bayroq-tashkilot, millat va yoki muayyan bir davlatning belgisidir



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə2/3
tarix24.05.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#112490
1   2   3
Davlat bayrog\'i material (2)

51-modda.
qonunchilikda belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgilariga;
O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo‘yiladi.
52-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.
6-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin ko‘tariladi va ular jo‘nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qo‘yiladi.
7-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarilganda, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan ko‘tarilishi kerak.
8-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi bo‘lgan dastada, yo bo‘lmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko‘tariladi.
Ko‘tarib qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.
9-modda.
Motam munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motamga moslab ko‘tariladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo‘lgan kenglikdagi qora tasma bog‘lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motam munosabati bilan flagshtokda ko‘tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo‘lagicha tushirib qo‘yiladi.
10-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə