Bank haqida umumiy tushuncha. Bank (italyancha: banco — stol) —



Yüklə 120,54 Kb.
səhifə2/7
tarix11.12.2023
ölçüsü120,54 Kb.
#145369
1   2   3   4   5   6   7
BANK HAQIDA

Investitsiya banki
Investitsiya banki korxonalarning qimmatli qogʻozlari va bondlarni chiqaradi, sarmoya boshqaruvi xizmatlari, kapital bozorda firmalarga maslahat berib boradi, birja bozorlarini yaratadi va yuritadi.





Islom banki
Islom banklarining faoliyati Islomiy qoida va qonunlarga asoslanib olib boriladi. Bunday banklarning eng muhim jihati sarmoya yoki qarzlar uchun foiz hisobida xizmat haqi undirilmaydi, chunki bunday faoliyat Islom dinida taqiqlangan. Banklar mijozlarga moʻljallangan binolarni moliyalashtirishdan tushgan foydalar hisobiga yuritiladi. Islom banki dastlab Misrda paydo boʻlgan, keyinchalik qator Islom davlatlarida,hattoki rivojlangan Yevropa mamlakatlarida ham Islom banklari oʻz faoliyatini boshlagan. Islom banki oʻzining barqarorligi bilan dunyo mamlakatlarini eʼtiborini tortmoqda.

Tashqi banklar
Tashqi banklar yoki ingliz tilida 'offshoreʼ banklar past soliqli va kam cheklovli xorijiy davlatlarda joylashgan banklardir. Ularning aksariyati xususiy banklardan iborat.



Tarixi
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi. Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi yaʼni korxonalarga egalik xuquqini rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi. Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, foyda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.


Yüklə 120,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə