Bank haqida umumiy tushuncha. Bank (italyancha: banco — stol) —



Yüklə 120,54 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü120,54 Kb.
#145369
1   2   3   4   5   6   7
BANK HAQIDA

MIKROQARZ
Kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganda, mikroqarz kabi kredit mahsulotlar turi qisqa muddatli va har qanday maqsadlar uchun Sizga pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi.
Mikroqarzlar banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
Mikroqarzning miqdori qarz oluvchining to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, ammo 50 mln. so‘mdan oshib keta olmaydi.
M ikroqarz O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida naqd yoki bank kartasiga nadq pulsiz ko‘rinishda taqdim etiladi. Shu bilan birga, bank kartasi debet yoki kredit kartasi bo‘lishi mumkin.
Naqd pulsiz shaklda olingan mikroqarz, bank kartasidan foydalanish orqali tovar, ish va xizmatlar uchun to‘lash imkonini beradi.
Shu bilan birga, bank tomonidan bank kartasiga mablag‘larni o‘tkazish orqali beriladigan mikroqarzning asosiy xususiyatlari quyidagicha:



  • har bir kishi uchun uning o‘rtacha oylik daromadi, kredit tarixi, va boshqa omillar asosida alohida hisoblanib bank tomonidan belgilangan limit doirasida taqdim etiladi;

  • foizlar ruxsat etilgan limit emas, faqat haqiqatda ishlatilgan mablag‘lar bo‘yicha hisoblanadi;

  • qarzning o‘z vaqtida qaytarilishi kredit xizmatini qayta tiklash imkonini beradi.

S hu bilan birga, mikroqarzning limiti debet kartasi uchun overdraft shaklida ochilishi mumkin, bu uning egasiga o‘z va qarz mablag‘larini ishlatish imkonini beradi, ya’ni kartada mavjud bo‘lgan mablag‘lardan oshadigan summa hamda qarz oluvchining o‘z mablag‘larini akkumulyatsiyalash (to‘plash)ni o‘z ichiga olmaydigan kredit kartalari uchun ham ochilishi mumkin. Shu bilan birga, overdraft banklar tomonidan chiqarilgan debet kartalariga asosan ish haqini to‘lash yoki pensiyani o‘tkazib berish uchun beriladi.


Debet kartasiga mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan berilgan mikroqarzning so‘ndirilishi avtomatik (bank qarz summasini mablag‘lar karta hisobiga tushganda yechib oladi) tarzda sodir bo‘ladi. Kredit kartasi berilganda, qarz oluvchi kreditni so‘ndirishi uchun hisobga kredit shartnomasida belgilangan to‘lov miqdorini o‘z vaqtida kiritishi shart.



Yüklə 120,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə