Badiiy san’atlar



Yüklə 287 Kb.
səhifə10/19
tarix27.02.2023
ölçüsü287 Kb.
#101602
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси

Muvozana
Arabcha “vazn” so’zidan olingan bo’lib, vazn jihatdan teng degan ma’nosni anglatadi. Bunda baytning birinchi misrasida qancha so’z bo’lsa, 2-misrasida ham shuncha so’z bo’lishi shart. Eng asosiysi misralardagi bo’g’inlari teng bo’lishi shart.
Sendek manga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.


Tarix
Tarix raqamli bo’lishi shart.


Raddu ul matla
Ushbu badiiy san’at matladagi ya’ni birinchi baytdagi bir misrani g’azalning oxirida maqataga aynan takror keltirishgan yuzaga keladi. Ogahiyning “bo’lmasa, bo’lmasin netay” g’azali raddi ul matla san’atida yozilgan.
Ashkima gar kanora yo’q, bo’lmasam bo’lmasunm netay.
Ohima ham shumota yo’q, bo’lmasam bo’lmasunm netay.
Ayshima gar kanora yo’q, bo’lmasam bo’lmasunm netay.


Tazmini muzdavaj
Sh’er misralarida 2 ta qofiyadosh so’zning yonma-yon kelishi. (yoki bir misrada qofiyadosh so’zlarni keltirish)
Qilmag’in zinhor izhor ehtiyoj,
Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj.


Tavze’ (oliteratsiya)
Bir xil tovush bilar boshlanadigan so’zlarni mahorat bilan keltish orqali ohangdoshlikni hosil qilish sharqda tavze’, yevropada oliteratsiya deyiladi.
Qaro qoshing qalam qoshing qiyiq, qayrima qoshing qis,
Toqatim toq bo’ldim to talabgorning bo’ldim sening.
Eslatma! Xalq maqollari asosan tavze’ san’atida yoziladi.


Insho
Ushbu badiiy san’at 4 usulga ega:

  1. Nido

  2. Tamanni

  3. Istifxom

  4. Amri naxiy

Nido – she’r misralarida lirik qahramonning boshqa shaxslarga murojaati. Soddaroq qilib aytganda she’r misralarida undalmadan mohirlik bilan foydalanish.
Ey sabo, g’ambodadirman bistarimni qovlama
Chun shafaq oludamen xokistarimni kovlama.
Izoh! Lirik qahramon sabo(shamol)ga murojaat qilyapti.
Tamanni. Orzu qilish. Lirik qahramon o’z orzusini, tilagini, istagini she’r misralarida keltirishi.
Tunimda shamol majlis bo’lsam erdi.
Kun o’lsa yori munis bo’lsam erdi.

Sani shikingdin, ey dilbar, muhabbat jonini ichsam,


O’shal kundin beri bilmay o’zim mastoranalar bo’lubdum.


Istifxom. So’rash degan ma’noni bildiradi. Lirik qahramon o’z ichki dunyosini bezovta qilayotgan tuyg’ularini kimgadur murojaat qilib, o’z ichki ruhiy olamini ochib berishi.
Istadim, ey, dil, ko’zni, joning, kerakmasmu sana,
Kufru zulfing savding, imoning karakmasmu sana.

Charxning men ko’rmagan jabru jafosi qoldimu,


Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu.
Amri naxiy. “amr” – buyurish, “naxiy” – man qilish. Lirik qahramon she’rda kimgadir buyruq berishi yoki aksincha uni qandaydir ushdan qaytarishi .
Kel daxrni imtihon etib ket,
Sayri chamanni jahon etib ket.

Qaro ko’zim kelu mardumlig’ emdi fan qilg’il,


Ko’zim qarosida mardum kibi vatan qilg’il.



Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə