B I t I r u V m a L a k a V i y I sh I


Aloqa tizimlarida mehnat muhofazasiga oid ishlarni tashkil etish



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə20/23
tarix03.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#115235
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish qo’mita toshkent axborot

Aloqa tizimlarida mehnat muhofazasiga oid ishlarni tashkil etish


Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining ob-havo sharoitini havoning quyidagi ko’rsatkichlari belgilaydi:

      1. havoning harorati,t,C bilan o’lchanadi. 2.havoning nisbiy namligi,f% bilan aniqlanadi.

  1. havo bosimi, P,mm sim.ust yoki Pa bilan o’lchanadi.

  2. Ish joylaridagi havo harakati,tezligi,V,m/s bilan o’lchanadi.

Bulardan tashqari ob-havo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud, bular har xil mashina-mexanizmlar va ishlov berilayotgan materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari ham havo haroratini oshishiga olib keladi. Bu omillar ta’siridan hosil bo’ladigan ishlab chiqarish zonasidagi havo muhitini sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi [5].
Ob-havo omillari har biri ayrim holda yoki bir nechasi birlikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog’ligiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-havo omillarining deyarli hammasi bir vaqtda ta’sir qiladi. Ba’zi sharoitlarda bunday ta’sir ko’rsatishfoydali bo’lishi, masalan sovuq sharoitda quritish natijasida kamaytirilishi mumkin, ba’zi vaqtlarda esa, bir-biriga qo’shilishi natijasida zararli ta’sir darajasi ortib ketishi mumkin,masalan nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun o’g’ir sharoit vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ish joylaridagi havo harakatini oshirish harorat yuqori bo’lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past bo’lgan vaqtda esa, salbiy natija beradi.
Bundan ko’rinib turibdiki, ob-havo omillari ba’zi bir hollarda inson uchun ijobiy va ba’zi bir hollarda esa, salbiy ta’sir ko’rsatib, inson organizmi tashqi muhitga moslashuvini buzib yuborishi mumkin. Tashqi muhitga moslashuv-bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37C) saqlab turish qobiliyati demakdir.
Ob-havo sharoitining doimo o’zgarib turishi tana haroratining o’zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo’lgan orgaizmdagi biokimyoviy jarayonlarning meyyoriy sharoitini ta’minlaydi. Tana haroratining yuqorida ko’rsatilgan darajadan ortib ketishi issiqlash,sovushi esa, sovush deb ataladi. Isssiqlash va sovushhayot faoliyatini buzuvchi halokatli holat vujudga keltirishi mumkin.
Shuning uchun ham inson organizmida tashqi muhit bilan moslashuvi fiziologik mexanizmi mavjud bo’lib, u markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo’ladi.Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlining ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik balansini saqlab turishdir.
Tashqi muhitga moslashuv ikki xil: fizik va kimyoviy bo’lishi mumkin.Kimyoviy tashqi muhitga moslashuv organizmning issiqlash davrida modda almashinuvini kamatirishi va sovushi natijasida modda almashinuvini oshirishi mumkin. Ammo kimyoviy tashqi muhitga moslashuv tashqi muhitning keskin o’zgarishi borasida fizik tashqi muhitga moslashuvga nisbatan ahamiyati katta emas. Asosan tashqi muhitga issiqlikni almashtirihda fizik tashqi muhitga moslashuvning ahamiyati katta.
Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo’l bilan o’tishi mumkin:

  1. Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali havo almashinuvi);

  2. Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya);

  3. Terining terlab,bug’lanishi va nafas olish yo’llari orqali suyuqliklarning bug’lanishi natijasida.

Meyyoriy sharoitda,kuchsiz havo harakati bo’lgan holatda harakatsiz odam organizmi radiatsiya yo’li bilan organism ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%,konveksiya natijasida 30% va terlah orqali 25% yo’qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80%dan ortig’i,nafas olish a’zolari orqali 13% va taxminan 5%i issiqlik ovqat,suv va havoni isitishga sarflanadi.
Radiatsiya va konveksiya orqali issiqlikni yo’qotish, faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan kam bo’lgan hollarda bo’lishi mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, tashqi muhit harorati qncha past bo’lsa issiqlik yo’qotish shuncha kuchli bo’ladi.
Tashqi muhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bo’lsa,u holda issiqlik ajratish terlab bug’lanish hisobiga bo’ladi.
1 gramm terni bug’latish hisobiga 2,5 kJ (0,6 kkal) issiqlik yo’qotilishi mumkin.
Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog’liq, harakatsiz organizmda tashqi muhit harorati 15 C ni tashkil qilsa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml ) tashkil qiladi.Yuqori haroratlarda esa (30 C va undan yuqori), ayniqsa og’ir ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi.Masalan issiq sexlarda, og’ir ishlarni bajarish natijasida terlash miqdori soatiga 1-1,5 litrga yetadi va bu miqdor terni bug’lanishi uchun 2500-3800 Kj (600-900 kkal ) issiqlik sarflanadi.
Shuni aytib o’tish kerakki, terlash yo’li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana yuzasida ter bug’langandagina amalgam oshadi. Terni bug’lanishi esa havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimining materialiga bog’liq.
Isiqlik yo’qotish faqat terlash yo’li bilan amalgam oshirilayotgan sharoitida havoning nisbiy namligi 75-80 foizdan ortiq bo’lsa, terning bug’lanishi qiyinlashadi va organizm tashqi muhitga moslashuvi buzilishi natijasida issiqlik yuz berishi mumkin. Issiqlikning birinchi belgisi tana haroratining ko’tarilishidir. Kuchsiz issiqlash tana haroratining yengil ko’tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli suvsash, nafas olish va qon tomirlarning urishini tezlashishi bilan chegaralanishi mumkin. Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, qattiq bosh og’rig’i tutadi va bosh aylanadi, nutqi qiyinlashadi
Tashqi muhitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin ko’tarilishi issiqlik gepatermiyasi deb ataladi [5,14].
Issiqlashning ikinchi belgisi terlash natijasida inson oraganizmining ko’p miqdorda tuz yo’qotishi natijasida kelib chiqadi. Bu holat teri xujayralarida
tuzning kamayishi orqasida, terining suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. Ichilayotgan suv tinmay suv bo’lib chiqib ketganligi sababli, organism kuchli chanqoqlik sezadi, ichilgan suvning tezda chiqib ketishi chanqoqlikni yana kuchaytiradi va suv bilan zaharlanish holatini vujudga keltirishi mumkin. Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo bo’ladi,kuchli terlash va qonning quyuqlanishi kuzatiladi. Bu holat qaltirash kasalligi deb yuritiladi. Keyin issiq urish vujudga keladi, tana harorati 40-41 C ga ko’tarilib, odam xushini yo’qotadi va qon tomirlarining urishi kuchsizlashadi. Bu vaqtda organizmdan ter chiqishi butunlay to’xtaydi, qaltirash kasali va issiq urish o’lim bilan tugashi mumkin.
Sanoat korxonalarida olib botilayotgan gigienik chora-tadbirlar natijasida ishlab chiqarishsharoitida qaltirash kasalligi va issiq urish deyarli yo’qolib bormoqda. Issiq sexlarning hammasida organizn yo’qotgan tuzni tiklash uchun maxsus ichimliklar tashkil qilingan.
Inson organizmga faqatgina yuqori harorat ta’sir ko’rsatib qolmasdan balki uzoq vaqt past harorat ta’sirida bo’lish ham asosiy fiziologik jarayonlarning buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi. Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilish natijasi esa kapilyar qon tomirlarining faoliyati buziladi (birinchi belgilari sifatida oyoq va qo’l panjalarining achishib og’rishi, quloq va burunning achishishini keltirish mumkin) shundan keyin butun organizmning sovuqqa qotishi seziladi .
Tashqi nerv sistemalarining sovuq qotishi natijasida suyak sistemalarida radikulit, oyoq qo’l va bel bo’g’inlarida hamda paylarda revmatizm kasalligi, shuningdek plevrit, bronxit va boshqa shamollash bilan bog’liq bo’lgan yuqumli kasalliklar kelib chiqish mumkin.
Odam organizmiga sovuqning ta’siri, ayniqsa havo harakati kuchli bo’lib,havoning nisbiy namligi yuqori bo’lgan vaqtda kuchli bo’ladi. Chunki, sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o’tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo’qotishni kuchaytiradi [14].

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə