B. A. Abdukarimov Ichki savdo iqtisodiyoti



Yüklə 5,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/66
tarix27.12.2023
ölçüsü5,48 Kb.
#162855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
6 y Ichki savdo iqtisodiyoti 2 qism Darslik B Abdukarimov T 2008

11.1.1 chizma 
Ish haqi shakllari va tizimlari
 
Иш 
ќ
а
љ
и ша
клл
а
р
и ва
ти
зи
мл
а
р
и
 
Иш 
ќ
а
љ
и 
шакл 
лари 
Иш ха
љ
и т
из
имл
а
р
и
 
Ва
љ
тбай 
Тар
ифли
 
Ишбай 
Тарифс
из 
Ва
љ
тбай мукофатли 
Бевосита ишбай 
Аккорд 
Прогрессив-ишбай 
Ишбай мукофотли 
Билвосита-ишбай 
О
ђ
заки келишилган 
Шартномавий 
Ва
љ
тбай 
шакли 
Ишбай 
шакли 
Оддий -ва
љ
тбай 
Комиссион 
Силжувчи окладлар 


18 
Ish haqini tashkillashtirish xo‘jalik sub’ektlarida quyidagi elementlar 
(ko‘rsatkichlar)ni ishlab chiqish (shakllantirish, hisoblash, tasdiqlash) bilan amalga 
oshiriladi: 
birinchidan, mehnatni normallashtirish; 
ikkinchidan, tarif tizimini aniqlash; 
uchinchidan, ish haqini muqobil shakli va tizimini tanlash; 
to‘rtinchidan, ish haqi fondini shakllantirish; 
beshinchidan, moddiy rag‘batlantirish turlarini belgilash.
Mehnatni normallashtirish mehnat sifatini va umumiy natijaga induvidual 
shaxslarning hissasini aniqlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Mehnatning 
samaradorligini oshirish hamda ish haqini oqilona belgilash, uni tashkil qilish 
uchun ilmiy asoslangan mehnat normasi va normotivlarini ishlab chiqish katta 
ahamiyatga ega. Norma va normotivlar orqali mehnat va ish haqi ko‘rsatkichlarini 
chuqur tadqiqot qilish, prognozlash va rejalashtirish osonlashdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida norma va normotivlar mehnatni odilona, 
adolatli va va haqqona baholashni ta’minlaydi. Bu esa o‘z vaqtida korxona, 
tashkilot va boshqalarda jamoaning jipslashishiga, mehnat unumdorligini va 
samaradorligini oshirishga olib keladi.
Savdoda mehnatni normalashtirish orqali sotib oluvchilarga xizmat 
ko‘rsatish (masalan, bir sotuvchi biron davrda nechta sotib oluvchiga xizmat 
qilishi) mumkinligi normasini, sotuvchilar, rahbarlar, mutaxassislar va yordamchi 
xodimlarning ratsional sonini va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Tarif tizimi – normativ majmuasi bo‘lib, ular asosida ish haqini 
differinsiatsiyalash ta’minlanadi. Ish haqini differinsiatsiyalash mehnatning 
murakkabligi, shart – sharoiti, tabiiy – iqlimiy sharoiti, mehnatning intensivligi 
uning tavsifini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
Ish haqini tashkil qilishning asosini tarif tizimi tashkil qiladi. 
Biz yuqorida keltirganimizdek O‘zbekiston Respublikasida ham ish haqi 
tizimi tarifli va tarifsiz ish haqi tizimidan tashkil topadi.
Tarif tizimi quyidagi normotiv іujjatlardan tarkib topadi: 


19 
I – Ish va ishchilar kasb hunarini tarifiy- malakaviy ma’lumotnomasi hamda 
xizmatchilar lavozimini malakaviy ma’lumotnomasi. Ushbu ma’lumotnoma 
normotiv іujjat hisoblanib, ishchi va ishchiga, lavozimga qo‘yiladigan talablarning 
malakaviy tasnifini belgilaydi. Unda ishchiga yoki ishni bajarish uchun zarur 
bo‘lgan bilim, ko‘nikmalar va har xil kasb, malakaga ta’luqli ishlar turkumi 
tariflanadi. Tarifiy – malakaviy ma’lumotnoma ishchilar malakasi darajasini va 
tarif razryadini belgilaydi; 
Tarifiy-malakaviy ma’lumotnoma bajariladigan ishlarning to‘la tavsifini va 
uni bajaradiganlar uchun qo‘yidagi malakaviy talablarni o‘z ichiga oladi. Ular ishni 
baholashda yagona mezondan foydalanishni va ishning murakkabligidan kelib
chiqib ishchilarga ta’luqli razryad belgilashni ta’minlaydi.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda 1985 yil tasdiqlangan Yagona tarif – malaka 
ma’lumotnomasi (YATMM) ishlatilmoqda. Unda ishning tavsifi va ishga 
qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Ma’lumotnomada har bir kasb – hunarga 
beriladigan malakaviy razryad ko‘rsatiladi. 
YATMM 
– 
ga 
o‘xshash 
«Xizmatchilar 
lavozimi 
malakaviy 
ma’lumotnomasi» (XLMM) mavjud. Unda har bir lavozimda bajarilishi lozim 
bo‘lgan burchlar va mutaxassilarga, xizmatchilarga qo‘yiladigan malakaviy 
talablar keltiriladi. 
II - Tarif stavkasi, ish vaqti o‘lchov birligiga to‘lanadigan ish haqi 
miqdorining puldagi ifodasi.
Ishchilarga ish haqi to‘lashda ish vaqti o‘lchov birligida(soat, kun, oy) ishlab 
chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori belgilanadi. 
Tarif stavkasini u yoki bu turini (soat, kun, oy) ishlatish korxonada 
foydalanilayotgan mehnat normalari turidan bog‘liq bo‘ladi. Xozirgi kunda soatbay 
tarif stavkasini ishlatish ko‘proq tarqalgan. Umumlashtirib aytganda ishchilar 
uchun tarif stavkasi ish vaqti o‘lchov birligida bajariladigan oddiy mehnatni («O» - 
razryad) uchun to‘lanadigan ish haqining absolyut(pul ifodasida) miqdorini 
belgilaydi.


20 
«O» - razryad tarif stavkasi davlat tomonidan belgilangan minimal ish haqi 
miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar, 
yordamchi ximatchilar va ayrim normallashtirish mumkin bo‘lmagan ishlarni 
bajaruvchilar uchun tarif stavkasi lavozim okladi orqali belgilanadi. 
Tarif stavkaga nisbatan rag‘batlantirish tizimi shakllanadi. Mukofotlar, 
qo‘shimchalar, ustamalar, xududiy koeffitsentlar tarif stavkasiga nisbatan foiz 
hisobida belgilanadi.
Bajariladigan ish xizmat razryadiga qarab aniqlangan, tarif stavkalarining 
bir biriga nisbati tarif setkasida har bir razryad uchun ko‘rsatiladigan tarif 
koeffitsentlarida o‘z aksini topadi. «0» razryad koeffitsent birga teng. «0» 
razryaddan boshlab tarif setkasida belgilangan maksimal razryadgacha tarif 
koeffitsenti ortib boradi. (Tarif setkasiga qaralsin 11.3.1 chizma). 
III – Tarif setkasi, ish haqini differensatsiyalashgan miqdorni belgilaydi. 
Unda mehnat (ish, xizmatlar)ning xususiyatlaridan kelib chiqib ishchilar uchun 
belgilanadigan razryadga qarab, tarif koeffitsentlari orqali oylik tarif stavkalari 
aniqlanadi. Tarif setkasida ish haqi shkalasi ishlatiladi, unda tarif razryadi va tarif 
koeffitsentlari, tarif stavkasi o‘z ifodasini topadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan moliyalashtiriladigan 
korxona, tashkilot va muassasalar ishchi – ximatchilar uchun ish haqini belgilashda 
Yagona tarif setkasi (YATS) asosida hisob kitob qilinadi.
Yagona tarif setkasida tarif razryadi va tarif koefitsiyentlari keltiriladi.
Tarif razryadi ishchining malaka darajasi, ishning murakkabligi, real 
(aniq)likligi va bajariladigan vazifaning javobgarligini aniqlaydi.
Tarif koeffitsiyenti tarif stavkasini tarif razryadining ortib borishiga 
nisbatan yuqorilanish darajasini belgilaydi, ya’ni «0» razryadga nisbatan yuqori 
malakali ish, xizmat necha marotaba ko‘proq ish haqi olishini ko‘rsatadi.
Tarif razryadi va tarif koeffitsiyenti orqali tarif stavka miqdori quyidagicha 
aniqlanadi: 
T
ci
= T
o
• K
i
; bu yerda: 


21 
T
ci
– tarif stavkasi, i – razryaddagi ishchi yoki xodim uchun, so‘mda; 
T
o
– «0» razryaddagi ishchi yoki xizmatchi uchun belgilangan tarif 
stavkasi, so‘mda; 
K
i
– i - razryaddagi ishchi yoki xodim uchun belgilangan tarif 
koeffitsiyenti. 
YATS O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Ish haqi 
to‘lashning yagona tarif stavkasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 20 iyun 2000 
yilgi 280 – sonli qarori bilan tasdiqlangan. U 22 tarif razryadini o‘z ichiga olgan 
bo‘lib, tarif koeffitsiyentlari orqali har xil turdagi ish va lavozim okladlarini 
belgilash uchun xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 12 oktyabrdagi PF – 3808 
– son farmoniga muvofiq byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining 
lavozim stavka(oklad)lari miqdori quyidagicha belgilangan (11.3.1 - jadval).
Davlat va davlat aksiyador korxonalari YATS nizomiga rioya qilishlari 
shart. 
Byudjet tizimiga qaramagan xo‘jalik sub’ektlari o‘zlari ish haqi shaklini, 
tizimini, moddiy rag‘batlantirish miqdorini, qo‘shimcha to‘lovlar kabilarni 
mustaqil belgilaydilar. Davlat tarif stavkasi okladlarini ular asos sifatida 
ishlatishlari mumkin. Lekin, ularda o‘rnatilgan minimal ish haqi davlat tomonidan 
belgilangan darajadan kam bo‘lmasligi kerak.
Ularning miqdoriga mehnat bozoridagi raqobat va korxonalarning 
moliyaviy imkoniyatlari ta’sir qiladi.
IV. Xududiy koeffitsiyentlar. Ushbu koeffitsiyentlar har xil tabiiy-iqlimiy 
sharoitlarda ishlovchilarning hayot darajasini difirensiatsiyalanishini ta’minlaydi 
va ish haqiga qo‘shimcha to‘lov miqdorini koeffitsiyent o‘lchov birligida 
ko‘rsatadi.
V. Ustamalar va har xil qo‘shimcha to‘lovlar. Bular tarif stavkasida 
hisobga olinmagan omillarni hisobga olib, ish haqining yakka tartiblanishini 


22 
ta’minlaydi. Masalan, bajariladigan ish yoki lavozimning muhimligi; mehnat 
stajining doimiyligi; til bilishi; mehnatga munosabati; qo‘shimcha
11.3.1 - jadval 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 12 oktyabrdagi PF – 3808-son 
Farmoniga muvofiq byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim 
stavka(oklad)lari miqdori. 
Tarif 
razryadlari 
Tarif 
koeffitsiyentlari 
O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Maxkamasining 2006 
yil 26 oktyabrdagi 218-sonli 
qarori asosida tasdiqlangan 
tarif koeffitsiyentlariga binoan 
2006 yil 1 noyabrdan 
hisoblangan tarif stavkalari 
miqdori(so‘m).
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 12 oktiyabrdagi 
PF-38-8 sonli famoniga asosan 
kompensiatsiya to‘lovlari 
hisobga olingan tarif stavkalari 
2006 yil 1 noyabridan (so‘m) 
1. 




1.000 
12420 

1.
2.377 
29522 

2.
2.616 
32491 

3.
2.878 
35745 
42708 
4.
3.165 
39309 
46252 
5.
3.467 
43060 
50020 
6.
3.483 
46985 
53947 
7.
4.112 
51071 
58037 
8.
4.454 
55319 
62274 
9.
4.797 
59579 
66540 
10.
5.147 
63926 
71230 
11.
5.503 
68347 
76046 
12.
5.870 
72905 
80597 
13.
6.242 
77526 
85218 
14.
6.617 
82183 
89879 
15.
7.000 
86940 
94649 
16.
7.388 
91759 
99470 


23 
17.
7.781 
96640 
104362 
18.
8.180 
101596 
109306 
19.
8.585 
106626 
114344 
20.
8.995 
111718 
119440 
21.
9.441 
116885 
124615 
22.
9.830 
122089 
129816 
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan ayrim hodimlarning ish haqi stavka (oklad)lariga o‘rnatilgan 
qo‘shimcha to‘lov yoki ustamalar miqdori jadvalining kompensatsiya hisobga olinmagan holdagi stavkasidan (3- 
ustundan) kelib chiqqan holda hisoblanadi.
vazifaga yoki ishda yo‘q ishchini lavozimini bajarish; kechqurun, dam olish, 
bayram kunlarida ishlash kabilar uchun to‘lovlar. 
Ularning xususiyatlariga qarasak, ustama kompensatsiya rolini o‘ynaydi, 
qo‘shimchalar esa rag‘batlantirish xususiyatiga ega. 
Tarif tizimi, yuqorida keltirilgandek ish haqini har xil shakllarida 
foydalanishni taqozo qiladi. ish haqi shakllariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Vaqtbay ish haqi.
Vaqtbay ish haqi ikki xil tizimdan iborat: 

oddiy - vaqtbay; 

vaqtbay - mukofotli. 
Oddiy- vaqtbay ish haqi shakli ishlatilganda ish haqi tarif stavkasi yoki 
lavozim okladi asosida hisoblanadi. Lavozim okladlari lavozim (shtat) jadvallarida 
ko‘rsatiladi. Lavozim okladi – to‘la ishlagan oy uchun belgilangan ish haqi 
miqdori. Ishchilarga ish haqi hisoblashda oddiy- vaqtbay shakli, soatbay yoki 
kunbay turlari ishlatiladi. Bunda ish haqi miqdori soatbay (yoki kunbay) ish haqi 
stavkasini haqiqiy ishlagan soatlar yoki kunlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan 
aniqlanadi. Uning uchun quyidagi formulani ishlatish mumkin. 
I
x
= C
tc
∙ t
i
yoki I
x
= K
tc
∙ K
o
bu yerda
I
x
– ishchining oylik ish haqi summasi, so‘mda; 


24 
C
tc
– ishchiga belgilangan bir soatli tarif stavkasi, so‘mda; 

i
– ishchilarning bir oyda ishlagan vaqti, soat; 
K
o
- bir oyda ishchining ishlagan kunlari soni, kun; 
K
tc
– ishchiga belgilangan bir kunlik tarif stavkasi (7 yoki 8 soat ish kuniga 
belgilangan), so‘mda. 
Yuqorida keltirilgan shakl (oddiy-vaqtbay) asosan yordamchi va xizmat 
qiluvchi xodimlar uchun qo‘llaniladi.
Lavozim okladlari boshqaruv, ma’muriy xo‘jalik xodimlari, mutahissislar 
va mehnat jarayoni normallashtirilib bo‘lmaydigan yoki asosli hisobga olishni iloji 
yo‘q ish turlarni bajaradiganlar uchun qo‘laniladi.
Xizmatchilarga ish haqi to‘lash o‘zining mazmuni jihatidan vaqtbay- 
mukofotliga yaqin bo‘lib, u asosida ish haqining asosiysi – lavozim okladi (odatda 
bir oylik) va undan tashqari qo‘shimchalar va mukofotlar to‘lanadi. 
Lavozim okladi ishbay jadvali asosida xizmatchining kasbiy malakasi, ish 
hajmi, tavsifi va boshqa omillarga qarab belgilanadi.
Vaqtbay-mukofotli ish haqi shakli ishlatilganda tarif stavka yoki lavozim 
okladi orqali aniqlangan ish haqidan tashqari ishchi va xizmatchilarga har xil 
mukofotlar to‘lanadi. Uning uchun korxona, xo‘jalik sub’ektlari maxsus nizom 
ishlab chiqadi.
Moddiy rag‘batlantirish miqdori nizomda ishchi va xizmatchilar bajargan 
ishlar va vazifalarni son va sifat ko‘rsatkichlariga qarab foizda yoki absolyut 
so‘mda ko‘rsatilishi mumkin. Rag‘batlantirish ko‘rsatkichlari va miqdori jamoa 
shartnomasi yoki mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi yoki rahbar buyrug‘i bilan 
amalga oshirilishi mumkin.
Moddiy rag‘batlantirish har oyda, kvartalda, yil natijasi bo‘yicha va ayrim 
ish yoki vazifani bajarilishi natijasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Mukofot summasi 
(Ms) quyidagicha aniqlanishi mumkin: 
Ix (p + k ∙ n) 


25 

Yüklə 5,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə