B. A. Abdukarimov Ichki savdo iqtisodiyoti



Yüklə 5,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/66
tarix27.12.2023
ölçüsü5,48 Kb.
#162855
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
6 y Ichki savdo iqtisodiyoti 2 qism Darslik B Abdukarimov T 2008



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
B. A. Abdukarimov 
Ichki savdo iqtisodiyoti
O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
«Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan 
Toshkent – 2008 



Abdukarimov B.A. Ichki savdo iqtisodiyoti. Darslik II qism T., «Fan va 
texnologiya», 2008. 
Taqrizchilar: i.f.d.prof. Ahmadjon Soliyevich Soliyev, i.f.n., dots.Erkin 
Saydiyevich Fayziyev. 
Ushbu darslikning maqsadi talabalarga savdo korxonalari faoliyati 
bo‘yicha chuqur bilimlar berish; ularning ko‘satkichlarini tahlil qilish usullarini 
chuqur o‘rganishni ta’minlash; bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda 
savdo va ommaviy ovqatlanish sohalarining prognozlash va rejalashtirish usul-
uslublarini bayon etish; ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini talabalarga 
tushuntirish, bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlarni baholay bilash; tijorat 
muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish; ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy 
islohatlarni savdo va ommaviy ovqatlanish sohalarida amalga oshirilishi yuzasidan 
strategik va joriy qarorlarni ishlab chiqish, ularni amaliyotda ijrosini ta’minlash, 
savdo va ommaviy ovqatlanishni ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish 
yo‘llarini aniqlash kabi masalalar to‘g‘risida nazariy va metodologik bilimlarga
ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat. 
Darslikdan professor-o‘qituvchilar, aspirantlar, aspirant-tadqiqotchilar, 
magistrlar, malaka oshirish kurslar tinglovchilari, rahbarlar va mutaxassislar ham 
foydalanishlari mumkin. 
Selyu nastoyashego uchebnika yavlyayetsya obespecheniye polucheniya 
nauchno-metodologicheskix znaniy i navikov v oblasti analiza deyatelnosti 
torgovix i predpriyatiy obshestvennogo pitaniya: metodov prognozirovaniya i 
planirovaniya sferi deyatelnosti vsex form predpriyatiy sferi obrasheniya v 
usloviyax formirovaniya rinochnix otnosheniy; ix umeloye ispolzovaniye v 
prakticheskoy deyatelnosti; umet otsenivat kon’yunkturu rinka; tvorcheski 
podxodit k resheniyu kommercheskix problem; prinimat strategicheskiye i 
takticheskiye resheniya po sotsialno-ekonomicheskim, pravovim reformam, 
provodimim v sfere torgovli i obshestvennogo pitaniya; ix realizovat na praktike; 
povishat ix sotsialno-ekonomicheskuyu effektivnost i t.d. 
Uchebnikom mogut polzovatsya prepodavateli visshix i srednix spesialnix 
uchebnix zavedeniy, aspiranti, aspirant-soiskateli, magistri, slushateli kursov 
povisheniya kvalifikatsii, rukovoditeli i spesialisti. 
Mas’ul muharrir: i.f.d., professor Irisbek Ivatov. 
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008. 
Ushbu darslik mening marhum otam 
Abdukarim Madalboy o‘g‘li va 



onam Orzuxon Shokirxon qizi 
xotirasiga bag‘ishlangan. 
Kirish 
Darslikni chop etish ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida 
fanning namunaviy dasturidagi o‘nta mavzu yoritilgan (Toshkent. «Fan va 
texnologiyalar», 2007.). Darslikning ikkinchi qismi «Savdoda ish haqi», 
«Muomala harajatlari», «Daromad, foyda va rentabellik» va ommaviy ovqatlanish 
sohasi korxonalarining iqtisodiyotini xususiyatlarini yoritishga bag‘ishlangan. 
Darslikda barcha mavzular bozor iqtisodiyoti xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va 
huquqiy islohatlarni savdo va ommaviy ovqatlanish sohasida joriy qilinish 
jarayonini namunaviy dastur talablaridan kelib chiqqan holda yoritish
muammolari va yechimlari to‘g‘risida muallifning fikr va muloіazalarini bildirish 
asosida yozildi.
O‘zbekiston 
Respublikasida 
bozor 
iqtisodiyoti 
munosabatlarini 
shakllantirish, ko‘pmulkchilikni tashkil qilish, ularning asosida bozorning 
infratuzilmasini yaratish, jamiyatni iqtisodiy mexanizmini tubdan yangilashga olib 
keldi. Bu jarayonda savdo va ommaviy ovqatlanish sohasini iqtisodiy 
munosabatlari, axborot tizimi va huquqiy muhiti bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
moslashtirilmoqda.
Ushbu sharoit savdo va ommaviy ovqatlanish sohasi korxonalari va 
shaіobchalarining mohiyati, tabiati, tovarlar va xizmatlar bozoridagi o‘rni, 
mavšeini va ahamiyatini tubdan yangilanishga olib keldi.
Bu jarayonda ro‘y berayotgan ayrim xodisalarni misolga keltiramiz.
Ular quyidagilardan iborat:
birinchidan, savdo va ommaviy ovqatlanish sohasida bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishning boshlanјich davrida mulk munosabatlari tubdan o‘zgartirildi, 
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sohada amalga oshirildi; 



ikkinchidan, ushbu sohalarda davlat va kooperativ tizimlarni monopol 
faoliyatiga barham berildi; 
uchinchidan, 
savdo 
va 
ommaviy 
ovqatlanish 
korxonalari 
va 
shaіobchalarining maqsad va vazifalari, oldingi ma’muriy-boshqaruv tizimidagiga 
nisbatan butunlay yangi tus oldi; 
to‘rtinchidan, bozor iqtisodiyoti savdo va ommaviy ovqatlanish sohasi 
korxonalari va shaіobchalari faoliyatni yuritish tartibi yangiladi va bu sohalarda 
tadbirkorlik biznesi shakllandi; 
beshinchidan, ushbu sohalarda har xil tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga 
keldi; 
oltinchidan, bu sohalar faoliyatida tashqi muhit o‘zgardi, ularning mikro, 
mezo va makro darajadagi aloqalari bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirildi; 
ettinchidan, ushbu sohalarning iqtisodiy mexanizmi tubdan o‘zgardi. 
Bular faoliyatida ma’muriy tarzda tovar taqsimotlari ko‘rsatkichlarini rejalashtirish 
o‘rniga iqtisodiy usullarni ishlatish, iqtisodiy erkinlik, mustaqil boshqarish, mulkni 
tasarruf qilish va unga egalik, o‘z resurlarini mustaqil ishlatish, iqtisodiy va 
huquqiy javobgarlik kabilar kirib keldi. 
Bunday sharoitda korxonalar va shaіobchalarning iqtisodiy-moliyaviy
barqarorligi, tijoriy yutuqlari ular faoliyatining samarasiga bog‘liq. 
Ushbu masalani hal qilish sohadagi kadrlar malakasi, kasbiy mahorati va 
ko‘nikmalariga bog‘liq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ushbu sohalar uchun yuqori 
malakali iqtisodchilar va menejerlar, marketologlarni tayyorlash, ularga boshqaruv 
va iqtisodiyot to‘g‘risida chuqur bilimlar va ko‘nikmalar berish muhim ahamiyat 
topadi.
Shu bilan boјliš іolda «Ichki savdo iqtisodiyoti» fanini o‘qitish, bozor 
iqtisodiyotiga mos holda uning tarkibini shakllantirish va mazmunini yoritish 
muhim ahamiyatga ega. Bularning hammasi muallifni «Ichki savdo iqtisodiyoti» 
fanidan o‘zbek tilida ilk bor ushbu darslikni tayyorlashga undadi.



Ushbu darslik keltirilgan vazifalarni ado etish borasida soha kadrlarini 
iqtisodiy bilimlar darajasini oshirishda baholi qudrat xizmat qiladi degan 
umiddamiz. 
Ushbu darslik bo‘yicha fikrlar va mulohazalar bœlsa, siz o‘quvchilarning 
xolis taklif va tavsiyalaringizni kutib qolamiz va oldindan minnaddorchilik 
bildiramiz. 

Yüklə 5,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə