Axborot tizimlarining tasnifi



Yüklə 186,33 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü186,33 Kb.
#181195
  1   2   3   4   5   6   7   8
Axborot tizimlarining tasnifi


Axborot tizimlarining tasnifi

Reja:



I. Kirish



  1. Axborot tizimining konseptual va funksional modeli

  2. Axborot tizimlarini miq’yosi, qo‘llanilish sohasi, tashkil etish usuli bo‘yicha sinflari.

  3. Axborot tizimlarini texnik tuzilishi bo‘yicha sinflanishi.

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar:

KIRISH


Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AIS) - bu aloqa, hisoblash, tarqatish, qayta ishlash va saqlash kabi muayyan ma'lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarish uchun tuzilgan kompyuter texnikasi, dasturiy ta'minot yoki uning har qanday kombinatsiyasining yig'ilishi. Bunga kompyuterlar, matnni qayta ishlash tizimlari, tarmoqlar yoki boshqa elektron ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlari va tegishli uskunalar kiradi. Boshqarishning axborot tizimlari avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining keng tarqalgan namunasidir.
1995 yilda ishlab chiquvchilar AIS tushunchasi bo'yicha ikkita fikrni taqdim etdilar. Bir qarashga ko'ra, bular dasturiy ta'minot va apparat vositalari, ma'lumotlar, odamlar va protseduralarni o'z ichiga olgan tizimlardir. Tizimga qarashning yana bir usuli, shuningdek, unga atrof-muhit, chegaralar, maqsad va o'zaro aloqalar kabi jarayonlar va muhim elementlarni qo'shadi. Bugungi qarashga ko'ra, AIS - bu korxonalar va tashkilotlarning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun axborot texnologiyalari va biznes jarayonlari sohasidagi echimlarni birlashtirishga qaratilgan turli elementlarni o'z ichiga olgan avtomatlashtirilgan tizim.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini kichik va o‘rta tashkilot-lar, hududiy boshqarish organlari, transport, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlar faoliyatini avtomatlashtirish uchun qo‘llash «elektron kontoralar» (ofislar), ya’ni alohida avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini birlashtiruvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasi va lokal hisoblash tarmoqdari negizida axborot tizimlarini amalga oshiradi.
Axborot texnologiyalarini hududiy-ma’muriy boshqarish organlariga tadbiq etish hududiy axborot tizimlari (HAT) ga olib keladi. Ular mahalliy davlat organlari va boshqaruvning tahlil va boshqarish funksiyalarini ta’minlash uchun yaratiladi.
Axborot tizimining konseptual va funksional modeli
Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi – tashkilotning maqsadidan kelib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo‘ljallangan standart protseduralar xodimlar, dasturiy vosi-talar, asbob – uskuna, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan majmuidir.
Mazkur tizim birgalikda harakat qiluvchi kompyuterlar va telekommunikatsiyalar, kompyuter axborot mahsulotlarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo‘llab – quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
Shuni qayd etish lozimki, axborot almashuv jarayoni insonning eshitish, ko‘rish, anglash a’zolari orqali qabul qiladigan nutq, ma’lumot yoki tasvirlar bilan boshlanadi va tugaydi. Keladigan – chiqadigan bu elementlar o‘rtasida kompyuterlashgan axborot tizimida turli darajadagi elektron mahsulotlar bo‘ladi. Bular – operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini bio‘qarish tizimi, amaliy dasturiy ta’minot va axborotning o‘zidir. Ushbu axborot va dasturiy vositalar hamda komponentlardan ko‘-pincha aynan bir paytda va o‘sha vaqtda foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bunday axborot tizimlarining o‘ziga xos tomoni shundaki, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni vaqtida ular aralashib ketadi.
AATning konseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig‘ish, qayd etish, uzatish, saqlash, tuplash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga mo‘ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o‘rtasidagi vositachi sanaladi (1.15-rasm).
Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot tizimi tizimdagi ma’lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amal-ga oshiradi. Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo‘lib qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo‘lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi.


Yüklə 186,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə