Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

3.3
 
Fishing 
Fishing
. Fishing (ing. Phishing – baliq ovlash) Internetdagi firibgarlikning bir 
turi bo‘lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy ma‘lumotlaridan (login/parol) 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish. Bu hozirda keng tarqalgan sosial injineriya 
sxemalaridan biri hisoblanadi. Katta hajmdagishaxsiy ma‘lumotlarni keng tarqalishi, 
fishing ―shamolisiz‖ amalga oshmaydi. Fishingning eng keng tarqalgan na‘munasi 
sifatida jabrlanuvchi elektron pochtasiga yuborilgan rasmiy ma‘lumot ko‘rinishidagi 
bank yoki to‘lov tizimidan yuborilgin soxta xabar hisoblanadi. Bunday elektron 
pochta xabarlari odatda rasmiy rasmiy veb-saytga o‘xshash va shaxsiy ma‘lumotlarni 
talab qiladigan shakldagi qalbaki veb sahifaga havolani o‘z ichiga oladi (1-rasm). 
Rasmda keltirilgan birinchi holatda mijozning yoki foydalanuvchining ismi va 
familiyasini yozish o‘rniga pochta manzili yozilgan bo‘lsa, ikkinchi holatda 
sichqoncha ko‘rsatilgan havola ustiga 
olib borilganda, haqiqiy manzil 
(www.PayPal.com) emas, balki, boshqa manzilni ko‘rish mumkin. 
3.1-rasm. Fishing hujumiga misol 
Quyida keng tarqalgan fishing sxemalariga misollar keltirilgan. 
Mavjud bo‟lmagan havola
. Fishing hujumining mazkur turida biror veb saytga 
o‘xshash bo‘lgan veb saytga murojaat amalga oshirilishiga jalb qilinadi. Masalan, 
www.PayPai.com manzili www.PayPal.com manzili sifatida yuborish mumkin. Bu 
holda kamdan-kam holda foydalanuvchilar ―l‖ harfini o‘riniga ―i‖ harfi borligiga 
e‘tibor berishadi. Havolaga murojat qilinganda esa www.PayPal.com veb saytga 
o‘xshash, biroq soxta veb saytga tashrif buyuriladi va talab kiritilgan to‘lov kartasi 
ma‘lumotlari kiritiladi. Natijada, kiritilgan ma‘lumotlar xaker qo‘liga tushadi. 


22 
Bunga yaqqol misol sifatida, 2003 yilda eBay foydalanuvchilariga tarqalgan 
fishing xabarni keltirish mumkin. Mazkur xabarda foydalanuvchilarning akkauntlari 
bloklangani va kredit karta ma‘lumotlari blokdan chiqarilishi kerakligi keltirilgan va 
unda rasmiy veb-saytga o‘xshash soxta veb sahifaga olib boruvchi havola mavjud 
bo‘lgan. Ushbu fishing hujumini keltirgan zarari bir necha yuz ming dollarga teng 
bo‘lgan. 
Taniqli 
korporativ 
brendidan 
foydalishga 
asoslangan 
firibgarlik

Firibgarlikning mazkur ko‘rinishida taniqli yoki yirik kompaniyalar nomidan 
foydalanuvchiga xabarlar yuboriladi. Bunda xabarlarda kompaniya tomonidan 
o‘tkazilgan biror tanlovda g‘alaba qozinilganligi haqidagi tabriklar bo‘lishi mumkin. 
Unda shuningdek, zudlik bilan qayd yozuvi ma‘lumotlari va parolni o‘zgartirish 
kerakligi so‘raladi. Shunga o‘xshash sxemalar texnik ko‘maklashish xizmati 
nomidan ham amalga oshiririlishi mumkin. 
Soxta lotareyalar
. Mazkur fishing sxemasiga ko‘ra foydalanuvchi har qanday 
taniqli kompaniya tomonidan o‘tkazilgan lotareyada g‘olib bo‘lgani to‘g‘risidagi 
xabarlarni olishi mumkin. Tashqi tomondan bu elektron xabarlar kompaniyaning 
yuqori lavozimli xodimlaridan biri nomidan yuborilganga o‘xshaydi. 
Soxta antivirus va xavfsizlik dasturi
. Mazkur dasturlar firibgar dasturiy 
ta‘minot yoki ―chaqqon dastur‖ deb nomlanib, ular antivirus dasturlariga o‘xshasada, 
vazifasi boshqa bo‘ladi. Bu dasturiy ta‘minot turli tahdidlar to‘g‘risida yolg‘on 
xabarnomalarni keltirib chiqaradi va foydalanuvchini soxta bitimlarga jalb qilishga 
harakat qiladi. Foydalanuvchi ulardan foydalanganda elektron pochta, onlayn 
e‘lonlar, ijtimoiy tarmoqlarda, qidiruv tizimlardagi natijalarida va hatto 
foydalanuvchi kompyuterida turli qalqib chiquvchi oynalarda duch kelishi mumkin. 
Quyida keltirilgan misolda, aslida Microsoft Security Essentials bo‘lishi kerak 
bo‘lgan biroq, o‘ziga Security Essentials 2010 nomini bergan soxta antivirus 
dasturining ko‘rinishi keltirilgan. 


23 
3.2-rasm. ―Security Essentials 2010‖ antivirus dasturi 
IVR (Interactive Voice Response) yoki telefon orqali fishing
. Fishing 
sxemasining mazkur usuli oldindan yozib olingan xabarlar tizimidan foydalanishga 
asoslangan bo‘lib, ular bank va boshqa IVR tizimlarining ―rasmiy qo‘nqiroqlari‖ni 
qayta tiklash uchun ishlatiladi. Bu hujumda jabrlanuvchi bank bilan bog‘lanishi va 
har qanday ma‘lumotlarni tasdiqlash yoki yangilash kerakligi haqidagi so‘rovni 
qabul qiladi. Tizim PIN yoki parolni kiritish orqali foydalanuvchi tasdig‘ini talab 
qiladi. Natijada, muhim ma‘lumotlarni qo‘lgan kiritgan buzg‘unchi foydalanuvchi 
ma‘lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, parolni almashtirish 
uchun ―1‖ ni bosing va operator javobini olish uchun ―2‖ ni bosing va h. 
Preteksting
. Mazkur fishing sxemasida xaker o‘zini boshqa shaxs sifatida 
ko‘rsatadi va oldindan tayyorlangan skript bo‘yicha maxfiy axborotni olishni maqsad 
qiladi. Ushbu hujumda qurbonni shubhalanmasligi uchun tegishli tayyorgarlik 
ko‘riladi: tug‘ulgan kun, INN, passport raqami yoki hisob raqamining oxirgi belgilari 
kabi ma‘lumotlar topiladi. Ushbu fishing sxemasi odatda telefon yoki elektron 
pochta orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə