Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

5.3
 
Kriptografiyaning asosiy bo„limlari 
 
Simmetrik kalitli kriptografiya
Ma‘lumotni shifrlashda va deshifrlashda yagona kalitdan (simmetrik kalitdan) 
foydalaniladi. Shuning uchun ham simmetrik kalitli kriptotizimlarni – bir kalitli 
kriptotizimlar ham deb yuritiladi. Bundan kelib chiqadiki, simmetrik kalitli shifrlash 
algoritmlaridan foydalanish uchun har ikkala tomonda bir xil kalit mavjud bo‗lishi 


38 
zarur. Simmetrik kalit odatda bir tomonda hosil qilinadi va maxsus usullar asosida 
ikkinchi tomonga xavfsiz tarzda yetkaziladi. 
Ochiq kalitli kriptografiya. 
Ma‘lumotni shifrlash qabul qiluvchining ochiq kaliti bilan amalga oshirilsa
uni deshifrlash qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan amalga oshiriladi. Shuning 
uchun ham ochiq kalitli kriptotizimlarni – ikki kalitli kriptotizimlar deb ham 
yuritiladi. Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma‘lumot almashinuvi uchun 
dastlab, yuboruvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo‗lishi kerak. 
Xesh funksiya tushunchasi 
Xesh funksiya deb 
ixtiyoriy uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) ma‘lumotni 
biror fiksirlangan (qayd qilingan) uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) qiymatga 
o‗tkazuvchi funksiyaga aytiladi. Xesh funksiyalar statistik tajribalarni o‗tkazishda, 
mantiqiy qurilmalarni tekshirishda, tez qidirib topish algoritmlarini tuzishda va 
ma‘lumotlar bazasidagi ma‘lumotlarning to‗laligini tekshirishda qo‗llaniladi. 
Masalan, har xil uzunlikdagi ma‘lumotlarning katta ro‗yxatidan kerakli ma‘lumotni 
tez qidirib topishda bu ma‘lumotlarni bir-biri bilan taqqoslashdan ko‗ra, ularning 
nazorat yig‗indisi vazifasini bajaruvchi xesh qiymatlarini solishtirish qulayroqdir. 


39 
Kalitli xesh funksiyalarni qo‗llashda ularga quyidagi asosiy talablar qo‗yiladi: 

soxtalashtirish imkoniyati mavjud emasligi; 

modifikatsiyalashning imkoniyati yo‗qligi. 
O‗zbekiston Respublikasining xesh funksiya davlat standarti O‗z DSt 
1106:2006 da kalitli xesh funksiya keltirilgan bo‗lib, kalit uzunligi 128 bit yoki 256 
bit bo‗lishi mumkin. Yevropa Hamjamiyatining RACE dasturi doirasida ishlab 
chiqilgan RIPE-MAC3 xesh funksiya algoritmlari, Nippon Telephone and Telegraph 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan N-xesh xesh funksiya algoritmi, shuningdek 
CBC-MAC va CRC-MAC xesh funksiyalarini kalitli xesh funksiya algoritmlariga 
misol qilib keltirishimiz mumkin. 
Kalitsiz xesh funksiyalar xatolarni aniqlash kodlari (Modification detection 
code (MDC) yoki manipulation detection code, message integrity code (MIC)) deb 
ham yuritiladi. Kalitsiz xesh funksiya – qo‗shimcha vositalar (shifrlash yoki raqamli 
imzo) yordamida ma‘lumotning to‗laligini kafolatlaydi. Bu xesh funksiyalar bir- 
biriga ishonmaydigan foydalanuvchilar tizimlarida ishlatiladi. 
Odatda kalitsiz xesh funksiyalardan quyidagi xossalarni qanoatlantirishi talab 
etiladi: 

bir tomonlamalik; 

kolliziyaga bardoshlilik; 

xesh qiymatlari teng bo‗lgan ikkita ma‘lumotni topishga bardoshlilik. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə