Axborot nima va uning manbalari



Yüklə 22,1 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü22,1 Kb.
#134156
AXBOROT NIMA VA UNING MANBALARI


AXBOROT NIMA VA UNING MANBALARI
Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og`zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning o`rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o`rtasidagi ma`lumot hamda hayvonlar va o`simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan.
Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma`lumot (ma`lumotlar majmui)ni anglatadi.
Axborotlashtirish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o`z-o`zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro`yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui.
Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash va tarqatish jarayoni.
Axborot tizimi (informatsion sistema)-informatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot texnologiyalari majmui.
Axborot resurslari-muayyan (kutubxona, arxiv, fond, ma`lumotlar banki kabi) axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui.
Ijtimoiy-siyosiy axborot- ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a`zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o`rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o`z faoliyatida foydalanadigan bilimlar, ma`lumotlar va xabarlar majmui.
Ijtimoiy-siyosiy axborotlar insonlar o`rtasidagi aloqalar, siyosiy jarayonlar, jamiyatni boshqarish, ilmiy, o`quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, targ`ibot va tashviqotni amalga oshirishda tobora muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
To`laligi, asoslanganligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy axborotlarni ishlab chiqishda fan, ularni tarqatishda OAV muhim rol’ o`ynaydi.
Axborot madaniyati texnik-texnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. Texnik-texnologik jihatdan axborot madaniyati axborotni olish, qayta ishlash, saqlash va etkazib berishga xizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va ulardan oqilona foydalanish usullari haqidagi bilimlar tizimini anglatadi.
Ijtimoiy-madaniy ma`noda axborot madaniyati insonning muayyan ma`naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o`zlashtirgan holda axborot maydonida hayotiy faoliyat ko`rsatishini anglatadi.
Axborot resurslari. Axborot resurslari va axborot tizimlari. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 560-II son “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga binoan quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Axborot resurslari — alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari.
Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.
Axborot tizimi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o’z vaqtida olingan to’g’ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To’g’ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo’lishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.
Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g’arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog’i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo’lgan nojo’ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto’g’ri yo’llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o’rinli va to’g’ri foydalanish zarur.
Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish (UICh) doirasida kechmokda. UICh bir-biri bilan uzviy bog’liq fizik(moddiy) xamda axboriy-mantikiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantikiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yukori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir maxsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma'lum. Axboriy-mantiqiy ishlab chiqarish (AMICh)ning resurslari asosini axborot, mexnat vositalarini esa xisoblash texnikasi, uning dasturiy ta'minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. Mexnat vositalari xamda aqliy mexnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. AMIChning maxsuloti abstrag’t ob'ekt (axborot, model) iste'mol predmeti sifatida namoyon bo’lmoqda.
Ishlab chiqarish doirasidagi XX asrda yuz bergan o’zgarishlar AMIChning paydo bo’lishi va uning axamiyatining oshib borishi bilan bog’liqdir. Binobarin, UIChning umuman unumdorligining oshishi avtomatlashtirish, shu jumladan, AMIChni avtomatlashtirish bilan bog’liq deb karalishi zarur. Shu bois mexnat unumdorligi ko’p jixatdan informatikaga bogliqdir.
Yüklə 22,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə