Август 2020 17-қисм



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/54
tarix17.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#102722
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
17.Fizika matematika 2 qism

Август 2020 17-қисм
Тошкент
FIZIKA – O’QITISH USLUBINING PREDMETI, VAZIFASI VA O’RGANISH 
USLUBLARI 
Boymurodova Shahnoza Abdusattor qizi
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani 40-sonli
umumiy o‘rta ta’lim maktabining Fizika fani o‘qituvchisi
Telefon: +998(99) 019 47 92
Annotatsiya: 
Ushbu berilgan ilmiy maqolada – Fizika – o‘qitish uslubining predmeti
vazifasi va o‘rganish uslublari va fizika o‘qitishning asosiy vazifalari haqida qisqacha ma’lumot 
berishga harakat qilingan, ya’ni – unda Fizika o‘qitish jarayonida uchta bosh funksiyasini amalga 
oshirilishi, o‘qitish jarayoni o‘zaro ta’sir qiluvchi quyidagi tarkibiy qismlari bilan xarakterlanishi, 
o‘qitish uslubida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy masalalari hamda o‘qitishning 
asosiy vazifalari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: 
Fizika, Ta’lim, Tarbiya, Rivojlantirish, Funksiya, O’qitish.
Fizika o‘qitish jarayonida uchta bosh funksiya amalga oshiriladi:
1) Ta’lim, 2) Tarbiya, 3) Rivojlantirish.
1. Ta’lim funksiyasi bosh va belgilovchi funksiya bo‘lib, uni amalga oshirish
jarayonida o‘quvchilar fizika asoslarini o‘rganadilar, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash 
malakasi va ko‘nikmasini hosil qiladilar. 
2. Tarbiya funksiyasi o‘qitishga kompleks yondashishning ajralmas qismi bo‘lib, uning fizika 
o‘qitishdagi asosi siyosiy-g‘oyaviy, mehnat va axloqiy tarbiyalarning birligidan iboratdir. 
3. Rivojlantirish funksiyasi o‘quvchidan bilish imkoniyatlarini rivojlantirish va mustaqil bilim 
olishga o‘rgatishni nazarda tutadi. 
Fizika o‘qitish jarayoni o‘zaro ta’sir qiluvchi quyidagi tarkibiy qismlari bilan xarakterlanadi: 
1. O’qitish mazmuni, ya’ni fizika asoslari
2. O’qitish-o‘qituvchi faoliyatidan iborat bo‘lib, tajriba va texnika vositalari asosida predmetni 
bayon qilish, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini boshqarish, ularning bilim va malakalarini sinash. 
3. O’qish-o‘quvchilarning ko‘p qirrali aqliy va jismoniy o‘quv faoliyatlari.
4. O’qitish vositalari: darsliklar, asboblar, texnika vositalari. 
Fizika o‘qitish uslubida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy masalalari ko‘rib 
chiqiladi va hal qilinadi: 
– fizika o‘qitishning maqsadlarini aniqlash, fizikada hal qilinadigan tarbiya
masalalarini ochib berish; 
– fizika kursi mazmunini va tuzilmasini aniqlash va uni muntazam ravishda takomillashtirib 
borish; 
– o‘qitish, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirishning samarali uslublarini hamda fizika 
o‘qitishda foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qurollarini ishlab chiqish va ularni tajribada sinab 
ko‘rish, o‘qitish amaliyotida qo‘llash. Fizika kursi nazariy fan bo‘lib, uning asosini fundamental 
nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil qiladi. Fizikadan o‘quv materialini tanlashda 
asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim: 
– mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo‘nalishiga; 
– fanning mantiqiy va o‘quvchilarning yosh xususiyatiga mos kelgan holdagi o‘qitish 
izchilligiga; 
– nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog‘lanishiga; 
– fizika o‘qitishda boshqa predmetlar bilan bog‘lanishini ta’minlashga.
Fizika o‘qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat hisoblanadi. 
1. Fizika fanining asoslari bilan tanishnirish-asosiy tushunchalar, qonunlar va nazariyalar bilan 
tanishtirish; o‘quvchilar ongida bizni o‘rab olgan duyoning tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish; 
asosiy tabiiy ilmiy qidirish metodlari bilan tanishtirish. 
2. Materialni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning xotiralarini boyitish bilan birga ularning 
ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantirish. 
3. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 4. Fizika asoslarini o‘qitish 
jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalab borish, g‘oyaviy-siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, baynalminal, 
ahloqiy va mehnat tarbiyalarini amalga oshirish. 


13

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə