Mavzu: Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi Reja



Yüklə 27,42 Kb.
səhifə1/5
tarix01.02.2023
ölçüsü27,42 Kb.
#99886
  1   2   3   4   5
Davlat tilida ish yuritish mustaqil ish Saparbayev Erlan


MAVZU: Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi
Reja:


  1. B i l d i r i sh n o m a yozish tartibi

  2. A r i z a yozish tartibi

  3. I sh o n ch n o m a yozish tartibi

Rasmiy ish yuritish uslubi ham qadimdan mavjud. Qadimda podsholar, xonlar ham farmonlar chiqarganlar, bitimlar, shartnomalar tuzganlar, hukmlar o’qilgan va h.k. Rasmiy ish yuritish uslubining o’ziga xos xususiyatlaridan biri - unda badiiy tasvir vositalarining bo’lmasligi, ma'lum bir qolipga tushgan strеotip iboralar va nutqiy atamalarning qo’llanishidir.



B I L D I R I SH N O M A
Muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug’ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot.
Unda, odatda bayon qilinayotgan masalalar bo’yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi. Kimga yo’nalganiga qarab bildirshnoma ichki va tashqi turlarga ajratiladi.
Ichki bildirishnoma o’z muassasasi rahbariga yoki bo’lim mudiriga yoziladi.
Tashqi bildirishnoma muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoziladi.
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatlariga ega.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota nomining bosh harflari hamda yo’nalish kеlishigidagi familiyasi.
2. Bildirishnoma tayyorlangan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda chiqish kеlishigidagi familiyasi.
3. Hujjat nomining turi (Bildirishnoma).
4. Matn sarlavhasi.
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
6. Qancha varaqdaligi ko’rsatilgan ilovalar ro’yxati (agar ilova bor bo’lsa).
7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir nеcha shaxs tomonidan tayyorlangan bo’lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo’yiladi).


Yüklə 27,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə