Atrof-muhitni qadrlash


O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki yoqlama shartnomada qatnashib, tabiatdan foydalanishni



Yüklə 17,82 Kb.
səhifə7/7
tarix30.12.2023
ölçüsü17,82 Kb.
#165995
1   2   3   4   5   6   7
ATROF-MUHITNI QADRLASH

O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki yoqlama shartnomada qatnashib, tabiatdan foydalanishni

barqarorlashtirish va atrof-muhit muhofazasi qoidalarining maxsus subregional strukturasini tuzishga kirishdi. 2005- yilda Shanxay hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan tabiatdan foydalanishni barqarorlashtirish va atrof-muhit muhofazasi qoidalari masalalari bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqildi.

YYevroosiyo iqtisodiy hamkorligi 2006-yilda qilgan ma’ruzasida,

Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik, Parlamentaro tashkilotning

umumiy yig‘ini, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston

Respublikasi Parlamenti taklif etgan Tabiatdan foydalanish va

ekologiya, qishloq xo‘jaligi siyosati doimiy komissiyasi tashkil etildi.

Ikki tomonlama hamkorlik.

. Hozirgi kunda uyushgan tartibda quyidagi mamlakatlar: Xitoy (1997-yildan), Gruziya (1995-yildan), Hindiston (1996-yildan), Isroil (1997-yildan), Yaponiya (1994-yildan), Qozog‘iston (1997-yildan), Qirg‘iziston (199 yildan), Malayziya (1996-yildan), Koreya Respublikasi (1995-yildan), Slovakiya (1998-yildan), Shveysariya (1998-yildan), Tojikiston (1994-yildan), Tailand (1998-yildan), Turkiya (1996-yildan), Turkmaniston (1996-yildan), Ukraina (1998-yildan), Birlashgan Arab Amirliklari (2006-yildan) va Ozarbayjon (2006-yildan) bilan ikki tomonlama hamkorliklar olib borilmoqda

Mintaqaviy hamkorlik.

O‘zbekiston 1992-yildan beri ESKATO a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston ESKATO bilan, asosan, kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi, shu jumladan, Yaponiya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi yo‘nalishi bo‘yicha hamda Hindiston mintaqaviy o‘quv markazlari (Jug‘rofiy axborot tizimi (JAT)), Xitoy (chiqindilar), Malayziya va Tailand (ekologik boshqaruv) bilan.

O‘zbekiston tarkibida quyidagi o‘nta davlat bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy davlatlararo tashkilot – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) a’zosidir: Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron Islom Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston. EKOda atrof-muhitni qo‘riqlash sohasidagi hamkorlik masalalari bilan energetika, tabiiy mineral resurslar va atrof-muhit bo‘yicha direktorat shug‘ullanadi. EKO ESKATO bilan yaqin hamkorlik qiladi.


Yüklə 17,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə