Atrof-muhitni qadrlash


Biosferada suv, biologik, mineral va boshqa boyliklar cheksiz



Yüklə 17,82 Kb.
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü17,82 Kb.
#165995
1   2   3   4   5   6   7
ATROF-MUHITNI QADRLASH

Biosferada suv, biologik, mineral va boshqa boyliklar cheksiz,

tuganmas ekanligi haqida afsonalarga ishonch qolmadi. Endilikda

hamma joyda – quruqlikda ham, suvda ham inson ta’sirining

salbiy oqibatlarini ko‘rmoqdamiz. Tabiatdagi “tenglik”ning buzilishi odamlardan endi tez-tez “biosfera va inson” mavzusida

bosh qotirishni talab etadi.

Inson kosmosga chiqdi, oyga qadam qo‘ydi. Sayyorada aholi soni oshib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda, tuproqlar sho‘rlanishi ta’sirida o‘simliklar o‘sish imkonidan mahrum bo‘lmoqda. Kasalliklarning turi ko‘payib, inson sog‘lig‘i xavf ostida qolmoqda. Iqtisodiy baquvvat mamlakatlarda foyda ketidan quvish ham biosferani izdan chiqarib yubormoqda.

Endilikda inson va biosfera o‘rtasidagi nizoni faqatgina fan va tinchlik hal qiladi. Insoniyat tabiiy va gumanitar fanlar bilimini amalga joriy etish orqaligina biosferaning ifloslanishini to‘xtatish va biologik resurslardan foydalanishni, ishlab chiqaruvchi kuchlarni yerning imkoniyatdan kelib chiqib, biosferaga ta’sir qilmay rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi.

O’zbekiston atrof-muhitni qadrlash uchun qilingan ishlar

O‘zbekiston uchun 1992-yilda Rio-de-Janeyrodagi o‘tkazilgan BMTning “Atrof-muhit va rivojlanish masalasi” anjumanida, olamshumul ekologik muvozanatga erishishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish atrof-muhitni himoya qilishga bog‘liq uzoq vaqtli iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda yagona yo‘nalish ekanligi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro dastur va loyihalarga qo‘shilishi atrof-muhit sohasidagi konvensiyaga muvofiq respublikani atrof-muhitni saqlash va yaxshilash, barqaror rivojlanishga erishish umumjahon jarayoniga qo‘shilishiga imkon tug‘dirdi.

2002-yili Yoxannesburg shahrida o‘tkazilgan Barqaror

rivojlanish xalqaro sammitida sammit qarorlarining aniq vazifalari

va bajarilish rejalari loyihasi hamda siyosiy deklaratsiyasi


Yüklə 17,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə